Noma (kasallik)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Noma (yunoncha: nime — tarqaluvchi), "suvli rak" — gangrena tarzida kechadigan kasallik; atrofidagi toʻqimalarga tez tarqaladi. Koʻpincha yuzning yumshoq toʻqimalari, orqa teshik atrofi, kamdankam hollarda boʻyin, qoʻl-oyoq barmoklari terisi kasallanadi. Odatda, ogʻir yuqumli kasalliklarni boshidan kechirgan nimjon, darmonsiz bolalarda, baʼzan kattalarda ham uchraydi. N.da kasallangan soha shilliq qavatida koʻkimtir-qizil dogʻ boʻladi. Jarayon yumshoq toʻqimaning hammasiga juda tez shikayet yetkazadi. Be-morning umumiy ahvoli ogʻirlashadi, qarorati koʻtariladi va hokazo N.ning hech bir rakka oʻxshash alomatlari yoʻq, faqat toʻqimalar nobud boʻlishiga koʻra, uni "suvli rak" deb atashadi; odatda, N. hoʻl gangrena deb ham yuritiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |