Nomiq Kamol
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nomiq Kamol (taxallusi; asl ismi Mehmed, 1840.21.12, Taqirtogʻ – 1888.2.12, Sakiz oroli) – turk yozuvchisi, publitsist va davlat arbobi.
Nomiq Kamol | |
---|---|
Tavalludi | 21-dekabr 1840 |
Vafoti | 2-dekabr 1888 |
Ijod qilgan tillari | Usmonli turk tili va Turk tili |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Turk dramaturgiyasini rivojlantirib, romanchilikka asos solgan yozuvchilardan biri. „Yangi usmonlilar“ jamiyatining aʼzosi (1865). „Fikr tasviri“ gaz.ni tashkil etgan. Abdulhamid II hukmron-ligi davrida N. K. Midilli oroliga surgun qilingan. Surgunda „Jaloliddin Xorazmshox“ pyesasini yozgan. Asarda bosh qaxramon Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi mardona kurashi misolida hur-riyatparvarlik fikrlari olgʻa surilgan. Pyesa sulton Abdulhamid II ga maqbul kelib, N. K.ni Rodosi (1884), Sakiz (1887) o. lariga hokim etib tayinlagan. Asarlarida vatanparvarlik, millatparvarlik, hurriyat, maʼrifat-parvarlik, tenglik gʻoyalari aks etgan. Shaxs erki, vatan manfaatini doim bi-rinchi oʻringa qoʻygan. Romantik ruxdagi asarlarida hamisha adolat tantanasi tasvirlangan. „Bechora bola“ (1873), „Akifbey“ (1874), „Gulnihol“ (1875), „Jaloliddin Xorazmshoh“ (1875) pye-salari, „Intibax“ (1876), „Jazmiy“ (1880) romanlari, sheʼrlari, publitsistik maqolalari, usmoniylar tarixiga bagʻishlangan ilmiy asarlari (Usmonli tarixi, 1971—74; Buyuk Is-lom tarixi, 1975) N. K.ni davrining eng mashhur adibi sifatida tanitdi. Uning sheʼrlari toʻplam holida 1941-yil S. N. Ergʻun tomonidan eʼlon qilingan. „Jaloliddin Xorazmshoh“ pyesasi oʻzbek tiliga tarjima qilinib (tarjimon Xurshid Davron), televideniye or-qali namoyish etilgan.[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiiqtibosda Nomiq Kamolga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |