Nora-Jane Noone (1984-yil 8-martda tugʻilgan) – irlandiyalik aktrisa. 2020-yilda „The Irish Times“ nashri tomonidan eʼlon qilingan barcha davrlarning eng buyuk irland kino aktyorlari reytingida 47-oʻrinni egallagan[1]. U oʻzining ekranlardagi debyutini „The Magdalene Sisters“ (2002) filmida qilgan va shundan soʻng „The Descent“ (2005), „Savage“ (2009) va „Wildfire“ (2020) filmlarida ijro etgan rollari uchun IFTA Film & Drama mukofotiga sazovor boʻlgan.

Nora-Jane Noone
Tavalludi 8-mart 1984-yil (1984-03-08) (40 yosh)
Fuqaroligi Irlandiya
Taʼlimi Irlandiya Milliy universiyeti
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 2002-yil - hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Chris Marquette
Bolalari 1

Aktrisa yana „Doomsday“ (2008), „Ella Enchanted“ (2004), „The Ipcress File“ (2022) va „Hidden Assets“ (2023) kabi filmlardagi ishtiroki bilan ham mashhur.

Yoshlik yillari va taʼlimi

tahrir

Noone Galway shahridagi Upper Newcastle koʻchasida oʻsgan[2]. U Galwaydagi „Performing Arts School“ maktabida ikki yil tahsil olgan va 7-sinfligidayoq mohir pianinochi va raqqosaga aylangan[3]. Noone aktrisalik karyerasini boshlashdan avval bir necha maktab va havaskorlar teatrida turli rollarni ijro etgan[4].

U 2004-yilda University of Galwayni ilmiy daraja bilan yakunlagan va keyinchalik London shahrriga koʻchib oʻtgan.

Karyerasi

tahrir

Noone oʻzining ekranlardagi professional debyutini Peter Mullan tomonidan yozilgan va rejissyorlik qilgan „The Magdalene Sisters“ (2002) filmida Bernadette rolini ijro etishdan boshlagan[4]. Film 2002-yilgi Venetsiya kinofestivalida „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. Bundan tashqari British Academy Film Awards mukofotida esa „Eng yaxshi Britaniya filmi“ nominatsiyasiga nomzodlar qatorida boʻlgan. Bernadette rolidagi ijrosi uchun Noone 2004-yilda London Film Critics' Circle Awardsda (London kino tanqidchilarining mukofoti) „Britaniyada yilning eng yaxshi yangi aktyori“ yoʻnalishidagi nomzodlar orasidan joy olgan, shuningdek ushbu kinoning rejisyori Peter Mullan ham mukofotning „Eng yaxshi rejissyor“ nomitatsiyasiga loyiq koʻrilgan[5].

2005-yilda Noone uchinchi Irish Film & Television Awards mukofotida „The Descent“ (2005) filmidagi Holly roli uchun „Badiiy filmlardagi eng yaxshi yordamchi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi[6]. 2010-yilda aktrisa yana „Savage“ (2009) filmidagi ijrosi uchun ham oʻsha nominatsiyaga nomzodlar qatoridan oʻrin oldi[7].

2008-yilda u rejissyor Neil Marshall, Speed Dating va Ella Enchanted tomonidan suratga olingan „Doomsday“ filmida asosiy rollalrdan birini oʻynadi. Bundan tashqari ushbu yil davomida Noone Andrew McCarthy tomonidan yozilgan va rejissyorlik qilingan „News for the Church“ hamda Michael Chang tomonidan suratga olingan „The Listener“ qisqa metrajli filmlarida ishtirok etdi. Suningdek, BBC Radio 4 tomonidan ishlangan „Walking at Ringsend“ filmida ham koʻrinish bergan. Uning 2008-yilgi ishlari qatoriga „Insatiable“ filmini ham kiritish mumkin[8].

Noone „The Descent Part 2“, „The Day of the Triffids“ va „The Runaway“ filmlarida, „Jack Taylor“ serialining birinchi mavsumining 1-6-qismlarda ham turli rollarda ishtirok etgan[8]. 2013-yilda boshlab esa aktrisa qisqa metrajli filmlar yozishni boshlagan[9].

2023-yilda aktrisa Irlandiyaga qaytdi va RTÉ telekanalining „ Hidden Assets“ serialida detektiv serjant Claire Wallace rolini ijro etdi[3].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2023-yilda u „Hidden Assets“ filmini suratga olish jarayonida tugʻilgan shahri Galwayga yashash uchun qaytib keldi[3]. U aktyor Chris Marquette bilan turmush qurgan boʻlib, ularning hozircha yagona boʻlib turgan qizi 2020-yilda tugʻilgan[10]. Bu ham Noonening Irlandiyaga qaytishiga asosiy sabablardan biri boʻldi[3].

Filmografiyasi

tahrir

Filmlar

tahrir
Yil Nomi Rol Tarif/manba
2002 The Magdalene Sisters Bernadette London Film Critics' Circle[5]
2004 Ella Enchanted Fairy No. 1
2004 News for the Church Girl Qisqa metrajli film
2004 The Listener Woman Qisqa metrajli film
2005 The Descent Holly [6]
2007 Speed Dating Juliet Van Der Bexton
2008 Doomsday Read
2008 Beyond the Rave Jen
2008 Insatiable Ellie
2009 Stranded Josie Qisqa metrajli film
2009 The Bus Driver Qisqa metrajli film
2009 Through the Night Lil Qisqa metrajli film
2009 Legend of the Bog Saiorse Reilly
2009 Savage Michelle [7]
2009 The Descent Part 2 Holly
2010 Small Change Karen Qisqa metrajli film
2011 January Kathrine
2011 Mixed Marriage Nora Murray Teatr
2012 Wasted Qisqa metrajli film
2012 Taking the Boat Maeve Qisqa metrajli film
2013 Deception Aoife Stacey
2015 Brand New-U Nadia
2015 Brooklyn Sheila
2015 Estranged Kathrine
2017 12 Feet Deep Bree
2017 The Capture Alex
2019 Darlin' Jennifer
2020 Wildfire Lauren [11]
2020 I Hate the Man in My Basement Kyra

Mukofot va nominatsiyalar

tahrir
Yil Mukofot Kategoriya Film Natija Manba.
2004 London Film Critics' Circle Award Britaniyada yilning eng yaxshi yangi aktyori The Magdalene Sisters Nominatsiya [5]
2005 Irish Film & Television Academy Award Badiiy filmlardagi eng yaxshi yordamchi aktrisa The Descent Nominatsiya [6]
2010 Eng yaxshi yordamchi aktrisa Savage Nominatsiya [7]
2021 Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa Wildfire Nominatsiya [11]

Manbalar

tahrir
  1. Clarke, Donald; Brady, Tara „The 50 greatest Irish film actors of all time – in order“. irishtimes.com (2020-yil 13-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  2. „Always hiding in plain sight“. The Irish Independent (2013-yil 21-yanvar).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Jamie McCarron.. „Hollywood star new RTE big name as world famous actress moves family to Galway“. galwaybeo.ie (2023-yil 9-oktyabr).
  4. 4,0 4,1 Luma Muhtadie. „Airing out Ireland's dirty laundry“. theglobeandmail.com (2003-yil 1-avgust).
  5. 5,0 5,1 5,2 „London Critics Circle Film Awards 2004“. famousfix.com (2004-yil 11-fevral).
  6. 6,0 6,1 6,2 „Irish Film & Television Awards Winners 2005“. ifta.ie (2005). Qaraldi: 2009-yil 13-yanvar.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Irish Film & Television Awards Winners 2010“. ifta.ie (2010). Qaraldi: 2009-yil 13-yanvar.
  8. 8,0 8,1 „Nora-Jane Noone Credits“. tvguide.com. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  9. „Nora-Jane Noone – Actress“. GalwayIndependent.com (2013-yil 16-yanvar). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-avgust.
  10. „Chris Marquette on Instagram: "My daughter is 2! Shes way smarter than I am already. Plus shes the boss. I wasn't happy about it at first but.. She offers good benefits, great healthcare, extended holidays, I get along with her mom so.. She's taught me deep lessons in patience, vulnerability, healing.. And all about a love that reaches far beyond life's horizon. All the nice cliches are true. And all the fears are not. Except for the one about being exhausted all the time. That shits the realest #parenthood #toddlerlife"“.
  11. 11,0 11,1 „IFTAs 2021: Normal People leads IFTAs nominations with 15“. independent.