Norilsk — Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk oʻlkasidagi shahar (1953-yildan). Dunyoda eng shimoliy shaharlardan biri (Shim. Qutbiy doyra orqasida joylashgan). Temir yoʻl stansiyasi (temir yoʻl orqali Yeniseydagi Dudinka porti bilan boglangan). Axrlisi 151,2 ming kishi (1998). 1935-yilda konchilik-metallurgiya kombinati qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Rangli metallurgiya markazi. Nikel, kobalt, mis va boshqa rudalar qazib olinadi va qay-ta ishlanadi; toshkoʻmir qazib olinadi. Metallsozlik va qurilish materi-allari sanoati korxonalari ishlab turibdi. Messoyaxa-Norilsk gaz quvuri oʻtkazilgan. Chekka Shimol qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti, teatr, suratlar galereyasi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil