Norvegiya dengizi
Bu maqola haqiqiy dengiz haqidadir. Kruiz kemasi uchun MS Norvegiya dengizi sahifasiga qarang. Kattegatning qadimgi nomi uchun Kattegat sahifasiga qarang.
Norvegiya dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka qismida joylashgan dengiz. Skandinaviya yarim orol bilan Shetlend, Farer, Irlandiya, Yan-Mayen, Medvejiy orollari oraligʻida joy olgan. Atlantika okeanidan suv osti tizmasi bilan ajralib turadi. Maydoni 1,383,000 km2 (534,000 kv mi) ni tashkil etadi. Eng chuqur joyi 3970 m ga teng. Iliq oqim oʻtganligi sababli, dengiz suvi qishda muzlamaydi. Suvining temperaturasi fevralda 8—12° C ni tashkil etadi. Shoʻrligi 34—35,2°/oo ga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (uning oʻrtacha balandligi 3,3 m gacha boʻladi). Dengiz suvi baliqqa boy[4]. Asosiy portlari:
- Tronxeym
- Tromsyo
- Narvik
| |
Joylashuvi | Shimoliy Yevropa |
Koordinatalari | 69°N 2°E / 69°N 2°E |
Okean tipi | Dengiz |
Asosiy manbalari |
|
Havzaga aloqador oʻlkalar | Islandiya, Norvegiya, Daniya (Farer oroli) va Birlashgan Qirollik (Shotland oroli) |
Yuzasi | 1,383,000 km2 (534,000 kv mi) |
Oʻrtacha chuqurligi | 2,000 m (6,600 ft) |
Eng katta chuqurligi | 3,970 m (13,020 ft) |
Suv hajmi | 2,000,000 km3 (1.6×1012 acre⋅ft) |
Manbalar | [1][2][3] |
Manbalar
tahrir- ↑ Norwegian Sea, Great Soviet Encyclopedia (in Russian)
- ↑ Norwegian Sea, Encyclopædia Britannica on-line
- ↑ ICES, 2007, p. 1
- ↑ "Norvegiya dengizi" OʻzME. N-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |