Nosir Komilovich Ahmedov (1922.5.12, Toshkent) — anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor (1967), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967). Urush qatnashchisi (1942-43). Mirzachoʻl tumani sogʻliqni saqlash boʻlimining mudiri va tuman bosh sanitariya shifokori (1943), Toshkent tibbiyot akademiyasi anatomiya kafedrasining assistenti (1947-55). Toshkent tibbiyot akademiyasi (1957-yildan) normal anatomiya kafedrasining dotsenti, professor (1969). Toshkent tibbiyot akademiyasida shu kafedra mudiri (1990—1997), 1997-yildan professor konsultanti. Ahmedov odam anatomiyasi, operativ xirurgiya va topografik anatomiyaga oid ilmiy ishlar, shuningdek, 2 jildli „Odam anatomiyasi“ darsligi, 2 jildli „Odam anatomiyasi“ atlasi muallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan (1994).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil