Nosir Otaboyev
Nosir Aminjonovich Otaboyev (1938.12.8, Fargʻona) — rej., Oʻzbekiston (1983) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1999) sanʼat arbobi. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1965). Hamza teatrida rejissyor (1965—69), Fargʻona teatrida (1970—86), Satira teatrida (teatr tashkilotchilaridan; 1986—88), Muqimiy teatrida bosh rejissyor (1988—91; 1994—96), rejissyor (1996—2001). "Oq kabutar" (F. Musajonov), "Veronalik ikki yigit" (U. Shekspir), "Boʻron qushi" (R. Ishmurodov), "Mirzo Ulugʻbek" (M. Shayx-zoda) va boshqa O. sahnalashtirgan (Hamza teatrida) dastlabki spektakllardir. Fargʻona teatrida "Kumush tuy" (3. Fat-xullin; Ik. Akbarov), "Yaylov tongi" (Tamkin; S. Hayitboyev), "Oltin devor" (E. Vohidov), "Zavqiy" (Q. Mahkamov; S. Hayitboyev), "Tanbur nolasi" (M. Xalil; H. Rahimov), "Parvoz" (Uygʻun), "Bir oʻlikka bir tirik" (A. Ibrohi-mov), "Insonlikka nomzod" (Oʻ. Umar-bekov), "Oʻtgan kunlar" (A. Qodiriy); Muqimiy teatrida "Gul va Navroʻz" (S. Abdulla; T. Jalilov), "Mushkul savdo" (M. Boboyev; S. Hayitboyev), "Bashorat" (E. Samandar; S. Hayitboyev) singari spektakllar, bolalar uchun bir qancha musiqali ertaklarni sahnalashtirdi. Satira teatri u sahnalashtirgan "To-butdan tovush" (A. Qahhor) spektakli bilan ochilgan. Keyinroq "Temir xotin" (Sh. Boshbekov), "Sabil qoldi" (F. Musajonov), "Gap egasini topadi" (S. Ahmad, O. Farmon, N. Otaboyev) kabi satirik komediyalarni sahnallashtirdi. 1992-yildan har yili respublikamizda oʻtkaziladigan Mustaqillik va Navroʻz bayramlari, shahar va shaxslar yubileylari, teatr va qoʻshiq festivallarini oʻtkazish tomoshalarini sahnallashtirishda katta hissa qoʻshib kelmokda.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |