Nosir Rashidov (1936.13.1 — Jizzax tumani — 2002.12.4) — mashinasozlik sohasidagi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi akademik (1991), texnika fanlari doktori (1976), professor (1978), Toshkent politexnika institutini tugatgan (1958), Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zdida muhandis (1960 — 63), Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutida aspirant, laboratoriya mudiri, boʻlim boshligʻi (1963—92), ayni paytda Toshkent avtomobilyoʻllar institutida kafedra mudiri (1972—84), Jizzax politexnika instituti rektori (1992—2002). Ilmiy ishlari avtotransportpoyezdlarning toʻgʻri va egri chiziqli harakatlanishi, tormozlanishi hamda turgʻunligi nazariyasiga, paxta xom ashyosini tashishni takomillashtirishning nazariy masalalariga doir. R. koʻp zvenoli traktorpoyezdlar ixtirochisi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1977).

Manbalar

tahrir
  • Paxta xom ashyosini tashishni takomillashtirish, T., 1972; Koʻp zvenoli traktorpoyezdlarning tormozlanishi, T., 1978; Koʻp zvenoli traktorpoyezdlar, T., 1981.