Nosiruddin al-Hanafiy
Nosiruddin al-hanafiy, Nosir Toʻra (19-asr oʻrtalari, Buxoro – 1920-chi yillar, Kobul) – Buxoro amirligi va Buxoro respublikasida ijod qilgan oʻzbek tarixchisi, amir Muzaffarning oʻgʻli.
Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxoro ilmiy jamiyati aʼzosi (1921—1923). U Buxoro arki tarixiga doir „Tahqiqoti arki Buxoro“ asarini shu jamiyat hamkorligida yozgan. Shuningdek, uning Buxoro amirligi tarixiga bagʻishlangan „Osori salotin“ („Sultonlardan qolgan yodgorliklar“), „Tuhfat uz-zoirin“ („Ziyoratchilarga tuhfa“, 1910-yilda Buxoro toshbosma nashriyotida chop etilgan), „Hodi uz-zoirin“ („Ziyoratchilar uchun koʻrsatkich“), „Kunuz al-atqiyo“ („Taqvodorlarga atalgan xazinalar“) kabi asarlari mavjud. Amir Olimxonning talabi bilan uning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari qatorida (jami 51 kishi) Afgʻonistonga yuborilgan (1923-yil iyul)[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Zakhidova S. A., Rukopis' „Tukhfat-uz-zairin“ Nasiraddina ibn amir Muzaffara kak istochnik po izucheniyu gorodskoy kul’tury Bukhary // Obshchestvennyye nauki v Uzbekistane, № 3, 2001
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |