Notoʻqima materiallar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Notoʻqima materiallar - yigirish va toʻquvchilik usullarini qoʻllamagan holda tolalar yoki iplarni turli yoʻllar bilan biriktirib olinadigan matolar va boshqa toʻqimachilik mah-sulotlari; toʻqimachilik mahsulotlarining asosiy turlaridan biri. Notoʻqima materiallar olishning fizikaviy-kimyoviy va mexanik usullari bor. Fizikaviy-kimyoviy usulda tolalar yoki iplar yopishtiruvchi moddalar (Mas, yelimlar) bilan biriktiriladi, qizdirib presslanadi, qogʻoz olish mashinalaridan foydalaniladi. Filyerli usulda yigiruv mashinasi filyeri (teshik-teshik moslamasi)dan chiqayotgan sintetik tolalar maxsus kanallar orqali oʻtib, havo yordamida choʻziladi, keyin harakatlanib turgan transportyorda matoga aylanadi. Bunda ham yopishqoq moddadan foydalanish mumkin. Bulardan boshqa usullar ham bor.
Mexanik usulda matolar xolst (dagʻal tolalardan toʻqiladigan mato) tikish, iplarni tikib biriktirish, jun tolalarni namatga oʻxshab bosish va boshqa yoʻllar bilan olinadi. Notoʻqima materiallardan tayerlanadigan mahsulotlar: gilamlar, adyollar, popukli sochiqlar, sunʼiy charm, linoleum, kleyonka tayyorlanadigan matolar, filtr materiallar, texnik movut, issiklik-tovush izolyasiyasi materiallari va boshqa [1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |