Novgorod respublikasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Novgorod respublikasi – Rusning shimoli-gʻarbi va shimolida 1136–1478-yillarda mavjud boʻlgan davlat. Poytaxti — Novgorod. Xoʻjalik asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qilgan. Ovchilik, asalarichilik, baliqchilik keng tarqalgan. Hunarmandchilik dehqonchilik bilan birgalikda olib bo-rilgan. Boshqaruv organlari — boyarlar kengashi, yepiskop (soʻngra arxiyepiskop), posadnik (shahar boshligʻi), mingboshilarni saylaydigan veche boʻlgan. Knyazlar veche bilan kelishilgan holda taklif etilgan va ular asosan lashkarboshilik qilishgan. Novgorod respublikasida shahar aholisining 80 ga yaqin norozilik chiqishlari, jumladan, qoʻzgʻolonlari boʻlgan. 13–15 asrlarda shvedlar va Livon ordeni agressiyasini muvaffaqiyatli qaytargan. Ivan III harbiy yurishlari natijasida Rus davlatiga qoʻshib olingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |