Novokuznetsk (1622-1931-yillarda Kuznetsksibirskiy, 1932—1961-yillarda Stalinsk-Kuznetsk) — Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatidagi shahar. Tom dar-yosining har ikkala sohilida. Transport yoʻli tuguni. Aholisi 564 ming kishi (1998). N. 1617-yilda qalʼa sifatida vujudga kelgan. Rossiya Federatsiyasining metallurgiya markazlaridan biri. 1917-yilgacha kichik savdo va hunarmandchilik markazi boʻlgan. Sanoati 1929-yil Kuznetsk metallurgiya kombinatining qurilishi munosabati bilan rivojlandi. Asosiy korxonalari: Kuznetsk, Gʻarbiy Sibir metallurgiya kombinatlari. Ferrokrtishmalar, alyuminiy zavodlari va boshqa ishlab turibdi. Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish birlashmasi, yengil, oziq-ovqat sanoati mavjud. Toshkoʻmir qazib olinadi. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 4 muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari) bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil