Novqat (shahar)
Novqat (qirgʻizcha: Ноокат) — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatidagi shahar. Novqat tumaning maʻmuriy markazi. Novqat soʻzi aslida "Navkat"-"Yangi shahar" degani. Uni ayrim oʻzbek va qirgʻizlar oʻz tillariga moslab "Nooqat", "Novqat" deb talaffuz qilishgan. Novqat shahrida oʻzbek, tojik va qirgʻizlar yashab kelmoqdalar. Asosan oʻzbek millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Novqat oʻzbeklari Margʻilon shevasida gapiradilar. Aholisi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, doʻkondorlik va muhojirlik bilan shugʻullanadi. Rus imperiyasi va SSSR davrida bu hududga bir qancha rus, Ukrain, tatar, turk va yunon millatlari koʻchirib keltirilgan. Ular asosan, Novqat gʻarbidagi adirli hududga joylashtiriladi. Bu yer keyinchalik, Yangi Novqat (Жаны Ноокат) deb atala boshlandi. Novqat qadimgi aholi manzilgohlaridan boʻlib, miloddan avvalgi asrlarda ham mavjud boʻlgan. Aleksandr Makedonskiy Oʻrta Osiyoga xususan Fargʻona vodiysiga yurishi davrida ham shahar bor edi. Novqat qir qancha arab, xitoy va rus geograflari tomonidan ham esga olinadi. "Hudud-ul Olam" asarining Movarounnahr bobida zikr qilingan.
Novqat qirgʻizcha: Ноокат | |
---|---|
shahar | |
40°16′0″N 72°36′0″E / 40.26667°N 72.60000°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
viloyat | Oʻsh viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Novqat tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1928 |
Qachondan beri shahar | 2003 |
Maydon | 326 km2 (126 kv mi) |
Markazi balandligi | 1802 m |
Rasmiy til(lar)i | qirgʻiz |
Aholisi (2009) |
14 371[1] |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, qirgʻizlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +996 3230 |
Pochta indeks(lar)i | 723400723401 723402 |
Avtomobil kodi | O |
|
Jug'rofiyasi
tahrirShahar Oʻsh viloyatining shimoliy-sharq qismida, O'sh shahri markazining 43 km janubi-g'arbi tomonida joylashgan. Yaqin temir yo'l stansiyasi shahardan 46 km masofada O'sh shahrida joylashgan. Eng yaqin halqaro aeroport masofasi 48 km bo'lib, u ham O'sh shahrida joylashgan.. Shahar orqali O'sh — Botken — Isfana avtomobil yo'li o'tadi. Bu yo'l 2014-yilgacha judayam yomon ahvolda bo'lib, aholi yurish uchun juda koʻp qiyinchilikka duch kelgan. 2014-yilda davlat sarmoyasi bilan yo'l qayta qurib bitkazilgan. Hozirda Qirg'iziston janubini asosiy bog'lab turgan bu yo'l orqali, mashina qatnovlari juda koʻpligidan, Novqat shahri markazida har kuni chidab bo'lmas yo'l tirbandliklari yuzaga kelgan. Davlat rasmiylari esa bunga hali yechim topganicha yo'q. [2] Novqat shahri dengiz sathidan 1802 m balandlikda joylashgan. Qish faslida havo iliq. Barcha fasllarda havo mo'tadil bo'ladi [2]
Tarixi
tahrirHozirgi Novqat markazi 1928-yildan Eski-novqat tumani deb atalgan, 2003-yildan boshlab — Novqat shahar nomini olgan. Novqat shahri Qoʻqon xonligi davrida dastlab, Margʻilon bekligiga qaragan. Keyin esa alohida "Navkat" bekligi sifatida tuzilgan. "Navkat" bekligiga Novqat shahri va uning atrofidagi qishloqlar hamda janubiy Oloy togʻlari kirgan. Novqat oʻzining qulay va soʻlim geografik oʻrni bilan ajralib turadi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Перепись населения Киргизии 2009. Ошская область (PDF), 2011-08-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2011-08-10
- ↑ 2,0 2,1 Дороги по маршрутам Ош—Исфана и Ош—Ноокат—Исфана находятся в плохом состоянии, - депутат А.Бекматов
- ↑ Сайт Ассоциации городов Кыргызской Республики, 2008-05-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-06