Andoza:Wikidata image

Nozim Huseynov
Shaxsiy ma'lumotlar
Nickname(s) Ozarbayjon yo'lbarsi
Millati  Ozarbayjon
Tug'ilishi 1969-yil 2-avgust (53 yosh)
Baku, Ozarbayjon SSR
o'g'irligi 60 kg (132 lb)
Sport
Sport Dzyudo
Murabbiylari Agayar Oxundzoda
Medallari va yutuqlari
Olimpiada oʻyinlari
Oltin Barselona 1992 60 kg[1]
Jahon chempionatlari
Bronza Barselona 1991 60 kg[2]
Kumush Hamilton 1993 60 kg
Yevropa chempionati
Oltin Parij 1992 60 kg
Oltin Afina 1993 60 kg
Kumush Gdansk 1994 60 kg

Nozim Gʻolib oʻgʻli Huseynov (ozarbayjoncha: Nazim Qalib oğlu Hüseynov; 1969-yil 2-avgust, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — sovet va ozarbayjon dzyudochisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi[3]. Ozarbayjonning birinchi Olimpiya chempioni (1992, Birlashgan jamoa tarkibida ishtirok etgan), Ozarbayjonni himoya qilgan va 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida Ozarbayjon terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Ozarbayjon Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi aʼzosi[4]. MedalBronze MedalSilver MedalGold

Tarjimai holi

tahrir
 
Ozarbayjon pochta markasida

Nozim Huseynov 1969-yil 2-avgustda Boku shahrida dunyoga keladi. Asli u Ozarbayjonning Gusar viloyati, Piral qishlogʻidan boʻladi[5]. Onasi Dogʻistonning Axta qishlogʻidan[4]. Huseynovning murabbiyi Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Ogʻayor Oxunzoda edi. Uning qoʻl ostida Huseynov 1980-yilda dzyudo bilan shugʻullana boshlaydi[6].

Barcha vazn toifalari oʻrtasida yilning eng yaxshi dzyudochisi (1992), dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida 2 karra SSSR chempioni (1987, 1989), SSSR sport ustasi (1987), xalqaro toifadagi sport ustasi (1991), faxriy SSSR sport ustasi (1992).

1992-yilda Barselonadagi Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Birlashgan jamoa tarkibida u Ozarbayjon bayroqdori boʻlgan[7]. U ushbu oʻyinlarda finalda janubiy koreyalik dzyudochi Yun Xyonni, yarim finalda esa amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Tadanori Kosino ustidan gʻalaba qozonib, Olimpiada chempioni boʻldi. Huseynovning gʻalabasi sharafiga Olimpiya oʻyinlari tarixida ilk bor Ozarbayjon bayrogʻi koʻtarildi. Huseynov oʻzining asosiy erishgan yutuqlarida MDH terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Kaplin va Ozarbayjon dzyudo asoschisi Tarlan Hasanovlarning mehnati deb biladi[8].

1996-yilda Atlantadagi navbatdagi Olimpiadada u allaqachon Ozarbayjon jamoasi aʼzosi edi[9]. Shuningdek, u ochilish marosimida bayroqdor boʻlgan. Biroq Huseynov 1/8 finalda meksikalik dzyudochiga yengilib, turnirdan chiqib ketadi. Huseynov oʻzining omadsizligiga sabab puxta tayyorgarlik koʻrmaganligida deb biladi. Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha paytda terma jamoa dzyudochilari "muntazam ravishda turli musobaqalarga safarbar etilgan va mashgʻulotlar mamlakat hududlarida oʻtkazilgan[9].

Nozim jahon chempionatining bronza medali (1991) va jahon chempionatining kumush medali sovrindori (1993), 2 karra Yevropa chempioni (1992, 1993), dunyo  boʻyicha (1997) eng kuchli dzyudochilar ishtirokidagi „A“ toifasidagi xalqaro turnirning kumush medali sovrindori.).

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining farmoni bilan „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan[6]. U sportdagi faoliyatini 2000-yilda yakunlagan. U xorijdagi murabbiylik takliflarini, xususan, Italiya terma jamoasini boshqarish taklifini ham rad etadi[10]. U Ozarbayjon dzyudo federatsiyasida ishlaydi, mamlakat viloyatlari boʻyicha kurator, baʼzan yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qiladi[11]. Nozim Huseynovning oʻgʻli Naim Huseynov ham dzyudochi boʻldi[12]. 2017-yil iyul oyida Berlinda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa kubogining bronza medali sovrindori boʻldi[13].

Ayni kunda Huseynov Ozarbayjon dzyudo federasiyasida faoliyat olib boradi, mamlakat mintaqalari boʻyicha kurator, vaqti-vaqti bilan yoshlar terma jamoasida murabbiylik qiladi.

Manbalar

tahrir
  1. Выступал в составе   Объединённой команды
  2. Выступал в составе   SSSR
  3. „Олимпийский чемпион-1992 Назим Гусейнов: «Мечтаю открыть собственную школу дзюдо»“. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-iyul.
  4. 4,0 4,1 „Назим Гусейнов посетил дагестанское село …спустя 20 лет“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral.
  5. Sedaget Kerimova. Ksӏar, ksӏarviyar — Qusar, qusarlIlar. Ensiklopedicheskiy sbornik na lezginskom i azerbaydjanskom yazikax. — Baku: Ziya, 2011. — s. 418. — 704 s. — ISBN 978-9952-34-579-7
  6. 6,0 6,1 „Профиль Назима Гусейнова на официальном сайте Министерства молодёжи с спорта Азербайджана“. 2017-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  7. „Фотография делегации Объединенной команды на церемонии открытия летней Олимпиады-1992 в Барселоне. Фото Андрея Голованоа и Сергея Кирвина“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  8. „Olimpiya çempionu Nazim Hüseynov: «26 min avro versinlər, canımdan keçim»“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
  9. 9,0 9,1 „Честь нести знамя“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  10. Sbornaya Italii predlojila olimpiyskomu chempionu Nazimu Guseynovu post trenera
  11. „İlk olimpiya çempionu: «Elnur Məmmədli məni təkrarlaya bilmədi» — Müsahibə“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
  12. „Назим Гусейнов: «Какую бы зарплату ты ни получал, какие бы призовые тебе ни давали, нельзя задирать нос»“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  13. „Еще один дзюдоист Азербайджан выиграл Кубок Европы“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.

Havolalar

tahrir
  • Nazim Guseynov — olimpiyskaya statistika na sayte Sports-Reference.com (angl.)
  • Nazim Guseynov — profil na sayte judoinside.com (angl.)