Nozim Mulla Bilol (1825, Gʻulja — 1899, Yorkent) — uygʻur shoiri. Gʻulja madrasasida oʻqigan. Xattotlik qilgan. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan. 1851-yil "Gʻazaliyot"devoninituzgan. Manjur-xitoy bosqinchilariga qarshi 1864—67 yillardagi Ili qoʻzgʻoloniga bagʻishlangan "Kitobi gʻazot dar mulki Chin" ("Chin imperiyasidagi urushlar haqida kitob", 1876) tarixiy dostonida uygʻur xalqining milliy qahramoni Sodir Polvon jasoratini madh etgan. Xalq hikoyasi asosida yozilgan "Chong moʻza Yusufxon" ("Choʻqqi kulohli Yusufxon", 1881) dostoni va "Nozugum" (1882) qissasida adolat va erkinlik, kishilarning baxt-saodat va yorqin kelajak yoʻlidagi kurashi aks etgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil