Nukleazalarnuklein kislotalar (NK)ni parchalaydigan gidrolitik fermentlar. Barcha biologik obʼyektlarda borligi maʼlum. Nukleazalar fosfodiesteraza boʻlib, ribonuklein kislotani parchalaydigan ribonukleaza (RNKaza), dezoksiribonuklein kislotani parchalaydigan dezoksiribonukle-aza (DNKaza), ayrimlari har ikki nuklein kislotalar (NK)ga nisbatan faol boʻlgan (nomaxsus) Nukleazalar deb ataladi. Ekzonukleazalar nuklein kislota molekulasining bir uchini, endonuklea-zalar polinukleotid zanjirni oralaridan gidrolizlaydi. Ovqatdagi NKni hazm qilishda, organizm uchun yot boʻlgan NKni chiqarib yuborishda, hujayralarda NKning sintezlanishi va parchalanishini boshqarishda qatnashadi. Nukleazalardan NK strukturasini tadqiq qilishda va baʼzi virusli kasalliklarni davolashda foydalaniladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil