Nukleotidlar
(Nukleozid-Fosfatlardan yoʻnaltirildi)
Nukleotidlar, nukleozid-fosfatlar — nukleozidlarning fosforli efirlari. Nukleotidlar — nuklein kislotalar, kofermentlar va boshqa biologik faol birikmalarning tarkibiy qismidir. Ular tirik hujayrada erkin holda boʻlib, moddalar almashinuviaa muhim rol oʻynaydi. N. tarkibiga uglevod (riboza yoki dezoksiriboza), fosfor kislota va azot asoslari qoldiqlari kiradi. Adenin, guanin, gipok-santin, sitozin, uratsil va timinlar tabiatda keng tarkalgan purin va pirimidin asosli tabiiy N.dir.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |