Nuriniso begim
Nur-un-Niso begim (forscha: نورالنساء بیگم ; tax. 1570-yilda tugʻilgan) „Ayollar orasidagi nur“ degan maʼnoni anglatadi. Temuriy malika, Ibrohim Husayn Mirzoning qizi va toʻrtinchi Boburiy hukmdor Jahongirning xotini.
Nur-un-Niso Begim | |
---|---|
Boburiy malika | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1570-yil |
Vafoti | Hindiston |
Bolalari | 1 qizi boʻlgan |
Onasi | Gulruxbegim |
Otasi | Ibrohim Husayn Mirzo |
Dini | Sunni Islom |
Yoshligi
tahrirNur-un-Niso begim temuriylar saroyida tugʻilgan. Amir Temurning ikkinchi oʻgʻli, shahzoda Umar Shayx Mirzoning avlodi boʻlgan shahzoda Ibrohim Husayn Mirzoning qizi edi[1]. Uning onasi shajarasiga koʻra, Boburning oʻgʻli va keyingi podsho Humoyunning ukasi, shahzoda Kamron Mirzoning qizi, malika Gulruxbegim boʻlgan[2]. Nur-un-Nisoning shahzoda Muzaffar Husayn Mirzo ismli ukasi bor. U Akbarning toʻngʻich qizi Xon Sulton Begimga uylangan[3].
1572-yilda Gulruxbegim eri Ibrohim Husayn Mirzo bilan aloqani uzib qoʻydi, chunki u Akbar tomonidan Gujaratni boshqarish ishlaridan chetlatilgan edi. U bolalari bilan Dekanga qochib ketgani xabari tarqaladi. Oxir-oqibat Moʻltan tomondan topib olib kelingan Ibrohim Husayn Mirzo podsho zobitlari tomonidan asirga olinadi. 1573-yilda u zindonda vafot etgan[4].
Xandesh hukmdori Dekanga ketayotib, Gulruxbegim va uning bolalarini hibsga olishga uringan, biroq bunga erisha olmagan. Biroq oʻsha paytda ikki yoshga toʻlgan Nur-un-Nissa uning qoʻliga tushdi. Buni eshitgan Akbar Xondash hukmdoriga Nur-un-Nissa begimni saroyga keltirishni buyurdi. Ular saroyga kelganlaridan soʻng, u Akbarning himoyasiga olindi va podsho haramining qoʻriqchilariga topshirildi[5].
1577-yilda Gulruxbegim va uning oʻgʻli Muzaffar Husayn Gujaratga qaytib kelib, yana isyon koʻtarishadi. Biroq dastlabki urinishlardan soʻng Muzaffar Husayn saroy zobitlari tomonidan qoʻlga olinib, zindonga tashlanadi. Oʻgʻli qamalgach, Gulrux qizi bilan Agraga koʻrishishga muvaffaq bo'ldi[6].
Nikoh
tahrir1593-yil bahorida Gulruxbegim qizini Akbarning toʻngʻich oʻgʻli shahzoda Salim Mirzoga turmushga berish haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qiladi. Akbar uning iltimosiga rozi boʻldi va bu ularning nikohiga olib keldi. Nikoh 1593-yil 26-fevral arafasida Akbarning onasi Hamidabonu Begimning uyida boʻlib oʻtadi[5]. Oradan bir yildan koʻproq vaqt oʻtgach, Akbar oʻz qizi Xon Sultonbegimni Nur-un-Nisoning ukasi Muzaffar Husayn Mirzoga turmushga beradi[5]. 1595-yil 28-avgustda Nur-un-Niso oʻzining yagona farzandi, qizini dunyoga keltirdi[5].
Nur-un-Niso qayinsinglisi Xonum Sulton bilan qarindoshlik aloqalarini saqlab turdi va u ham unga nisbatan xushmuomalalik va axloqiy muomala qoidalariga qatʼiy rioya qildi. 1614—15-yillarda Jahongir Ajmerda boʻlganida oʻsha paytda kasal yotgan onasi Gulruxbegimning oldiga boradi. Bu davrda „Zaxirat-ul-xavonin“ muallifi Shayx Farid Bhakkariy unga yoʻldosh boʻlib borgan[7].
Devon-i Kamron
tahrirNur-un-Niso begimga bobosi Kamron Mirzodan sheʼrlardan iborat „Devon-i kamron“ meros qolgan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ Blochmann, Henry. The Ain i Akbari, Volume 1. Asiatic Society of Bengal, 1873 — 461-bet.
- ↑ Begum, Gulbadan. The History of Humayun (Humayun-Nama). Royal Asiatic Society, 1902 — 234-bet.
- ↑ The Proceedings of the Indian History Congress. Indian History Congress, 2004 — 599-bet.
- ↑ Khan, Iqtidar Alam. Mirza Kamran: A Bibliographical Study. Asia Publishing House, New York, 1964 — 58-bet.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Beveridge 1907.
- ↑ Medieval India Quarterly - Volume 4. Department of History, Aligarh Muslim University, 1961 — 101-bet.
- ↑ Bhakkari, Shaikh Farid. The Dhakhiratul-khawanin: a biographical dictionary of Mughal noblewomen. Idarah-i Adabiyat-i Dehli, 1993 — xv-bet.
- ↑ Hasan, Saiyid Nurul. Studies in archeology and history: cemmemoration volume of Prof. S. Nurul Hasan. Rampur Raza Library, 2003 — 252-bet. ISBN 978-8-187-11357-7.
Adabiyotlar
tahrir- Beveridge, Henry. Akbarnama of Abu'l-Fazl ibn Mubarak - Volume III. Asiatic Society, Calcutta, 1907.