Nur bilan isitish - xonalar asosan issiqlik nurlanishi va baʼzan konveksiya orqali isitiladigan isitish turi. Bunda isitish asboblari xona shipiga, polga, devorlarga oʻrnatiladi. Shu asboblardan tarqaladigan issiqlik nuri oqimi (koʻzga koʻrinmaydigan nurlar) xonani, shu jumladan, xonadagi kishilarni isitadi. N. bilan i.da issiqlik eltgich (tashuvchi) sifatida issiq suv, bugʻ, qaynoq suv, elektr energiyasi ishlatiladi. Isitish asboblari, kabel (elektr bilan isitishda) ship, devor yoki pol ichiga joylashtiriladi. Xonadagi kishilar oʻzini yaxshi his qilishi uchun ship, devor yoki pol temperaturasi 25° dan oshmasligi lozim. Yezda N. bilan i. tizimidan xonalarni sal-qin qilishda ham foydalaniladi. Buninguchun isitish asboblari orqali sovuq suv qaydaladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil