Nur Jahon maqbarasi
Nur Jahon maqbarasi (urdu. مقبرہ نورجہاں) – 17-asrda Lahor shahrida Boburiy malikasi Nur Jahon uchun maqbara hisoblanadi. Maqbara marmarlari bir qismi 18-asrda Amritsardagi Oltin ibodatxona qurilishida foydalanish maqsadida Sikxlar tomonidan talon-taroj qilingan[1][2][3]. Ushbu maqbara Jahongir maqbarasi, Osifxon maqbarasi va Akbari Saroy bilan birga Shohdara bogʻidagi Boburiy yodgorliklari ansamblining tashkil qiladi[4].
Nur Jahon maqbarasi | |
---|---|
مقبرہ نورجہاں | |
Umumiy maʼlumot | |
Koordinatalar | 31°37′15″N 74°17′41″E / 31.6209°N 74.2947°E |
Nur Jahon maqbarasi |
Joylashuv
tahrirMaqbara Lahor tarafidan qaraganda Ravi daryosining narigi tomonida, Shohdara bogʻida joylashgan. Maqbara ushbu bogʻdagi yodgorliklar ansambliga kiradi, bular: Jahongir maqbarasi, Akbari Saroy va Osifxon maqbarasi.
Umumiy maʼlumotlar
tahrirNur Jahon aslida unga saroyga kelgach berilgan taxallus. Asl ismi Mehr-un-Nissa. Forsdan koʻchib kelgan Mirzo Gʻiyos bek va Asmat Begimning toʻrtinchi farzandi boʻlgan. Uning otasi Boburiy imperatori Akbarga xizmat qilgan, hukmdor unga Itmat-ud-daula („Davlat ustuni“) unvonini bergan. Nur Jahon eng qudratli Boburiy imperator xonimi hisoblanadi[5].
Arxitektura
tahrirTashqi koʻrinishi
tahrirAsosan oq marmardan qurilgan otasining maqbarasidan farqli oʻlaroq, Nur Jahon maqbarasi asosan qizil qumtoshdan qurilgan[6]. Tashqi tarafi marmar bilan qoplangan va qimmatbaho toshlardan gulli mozaikalar bilan ishlangan 7 ta gumbaz mavjud.
Ichki koʻrinishi
tahrirMaqbaraning markaziy gumbazli xonasida ikkita kenotaf mavjud boʻlib, ulardan biri Nur Jahon, ikkinchisi uning qizi [[Ladli Begim]|Ladli Begimga]] tegishli[7].
Bogʻ
tahrirMaqbara Chorbogʻning markazida joylashgan[8]. Asl bogʻ saqlanib qolmagan.
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ The Calcutta Review, Volumes 72-73. University of Calcutta. 1881. Retrieved 14 September 2017.
- ↑ Bhalla, A. S. (2009). Royal tombs of India: 13th to 18th century. Mapin. p. 119. ISBN 9788189995102. Retrieved 14 September 2017.
- ↑ Saladin, Henri; Migeon, Gaston (2012). Art of Islam. Parkstone International. p. 94. ISBN 9781780429939. Retrieved 14 September 2017.
- ↑ Saladin, Henri; Migeon, Gaston (2012). Art of Islam. Parkstone International. p. 94. ISBN 9781780429939. Retrieved 14 September 2017.
- ↑ Goff, Richard D. (2011). World History. Cengage Learning. p. 531. ISBN 9781111345143.
- ↑ Findly, Ellison Banks (1993). Nur Jahan, Empress of Mughal India. Oxford University Press. ISBN 9780195074888. Retrieved 14 September 2017.
- ↑ Gold, Claudia (2008). Queen, Empress, Concubine: Fifty Women Rulers from Cleopatra to Catherine the Great. London: Quercus. p. 151. ISBN 978-1-84724-542-7.
- ↑ Findly, Ellison Banks (1993). Nur Jahan, Empress of Mughal India. Oxford University Press. ISBN 9780195074888. Retrieved 14 September 2017.