Nuralixon
Nurali xon (qoz. Nurmuhammedali Bahodurxon, hukumronlik yillari 1748 —1786-yillar) qozoq xonlaridan biri[1]. Abulxayrxon vafotidan soʻng, 1748-yilda uning oʻgʻli Nuralixon Kichik juzda xonlik taxtiga oʻtirgan. Ushbu qarorni Rossiya qirolichasi Yelizavetta Petrovna tasdiqlagan[2]. Nuralixon Rossiya imperiyasi tomonidan tasdiqlangan birinchi qozoq xoni boʻlgan. Bu harakat bilan podshoh hukumati qozoq xalqi tomonidan xon deb tan olingan sultonni xonlikka tasdiqlash yoki tasdiqlamaslik oʻz ixtiyorida ekanligini bildirgan. Bu qozoq xalqining mustaqil davlatchiligini yoʻq qilishga qaratilgan birinchi qadam boʻlgan[3].
Nuralixon | |
---|---|
Kichik juz xoni | |
Mansab davri 1748-yil – 1786-yil | |
Oʻtmishdoshi | Abulxayrxon |
Vorisi | Jarmuhambetxon |
Xiva xoni | |
Mansab davri 1740-yil – 1742-yil | |
Oʻtmishdoshi | Tohirxon |
Vorisi | Abulg'ozixon II |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1704-yil Qozoq xonligi |
Vafoti |
1790-yil Rossiya imperiyasi |
Otasi | Abulxayrxon |
Dini | Islom |
Hayoti
tahrir1740-yilda Orol qozoqlarining xonlaridan biri boʻlgan Nuralixon. Keyingi yili eronlik Nodirshoh homiylik qilgan Xiva xoni Tohirxonni oʻldirib, Xiva xoni taxtini oʻzi egallagan. Biroq Nodirshoh Nuralixonni hokimiyatdan chetlatib, Elbarsxon II ning oʻgʻli Muhammad Abulgʻoziyni xon etib tayinlagan. Bundan soʻng esa Nuralixon qozoq dashtiga qaytishga majbur boʻlgan[4].
1748-yilda otasi Abulxayrxon vafotidan keyin Kichik juz xoni etib saylangan. Keyingi yili Rossiya hukumati uning unvonini rasman tasdiqlagan.
1755-yilda u Botirshox boshchiligidagi boshqirdlar qoʻzgʻolonini bostirishda qatnashgan va 1771-yilda Nadvoljyedan Jungʻoriyaga qochgan qalmoq qoʻshinini taʼqib qilgan Kichik juz xonligining qoʻshiniga rahbarlik qilgan.
Pugachyov qoʻzgʻaloni davrida qozoq xoni Nuralixon ikki tomonlama siyosat olib borgan. Kichik juz oqsoqollari oʻz xoniga bir necha bor norozilik bildirishgan. Nuralixonning oʻzi bir necha bor Rossiya hukumatiga eng kuchli qozoq oqsoqollarining kuchini repressiv choralar bilan zaiflashtirishni taklif qilgan. Nuralixonning Orenburg maʼmuriyatining koʻmagiga asoslangan siyosati oddiy xalqning noroziligini keltirib chiqargan va qozoqlarning Botir Sirim Datula (1783—1797) boshchiligidagi ozodlik kurashi sabablaridan biriga aylangan[5].
1786-yil aprel oyida Nuralixon hokimiyatni yoʻqotgan va dashtdan Orenburgga qochib ketgan. Oʻsha yilning iyun oyida Rossiya imperatori Yekaterina II Qozoq xoni Nuralixonni rasman hokimiyatdan chetlatgan. Nuralixon 1790-yilda Ufaga koʻchib oʻtgan va shu yerda vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“.
- ↑ Артыкбаев Ж. О. История Казахстана. — Астана, 2004. — 159 с.
- ↑ „История Казахстана“. 2008-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
- ↑ Лапин Н.С. Описание обряда утверждения казахского хана Нуралы в 1749 году. Вестник Новосибирского государственного университета. Серия: История, филология. 2022;21(1):125-136.
- ↑ „Сабитов Ж. М. Генеалогия Торе. — Алма-Ата, 2008. — С. 307. — 326 с. — 1000 экз“.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |