Nurota qalʼasiNurotadagi qalʼa harobasi (taxminan 5—6-asrlar); togʻning etak qismida joylashgan. Asli nomi Nur, xalq uni hurmatlab, "ota" soʻzini qoʻshib ataydi. Qalʼada katta buloq bor, atrofda undan boshqa oqar suv yoʻq. Suv boshiga egalik qilib, dushman qamaliga bardosh berish maksadida qadimda buloq, ustiga paxsadan qalʼa qurilgan. U bir necha marta Nurota qalʼasi taʼmirlangan. Qalʼaning ichida bulok, boshiga tushib suv olinadigan maxsus yoʻl boʻlgan. Qalʼaning tepasi baland qirlik boʻlgani uchun dushmanni kuzatish maqsadida qirning tepasiga moʻla (burj) qurilgan. Moʻla bilan qalʼa orasida yoʻlak boʻlib, uning uzunligi 60 m. Nur qalʼasi kadimdan muhim strategik qalʼa va savdo manzili boʻlgan. Nur qalʼasida, keyinchalik Buxoro amirligining Nurota begi turgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil