Abdujamil Karimovich Nurpeisov (1924, Orolboʻyi, Ushqon qishlogʻi) — Qozogʻiston xalqyozuvchisi (1985). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1953). "Juldiz" jurnali bosh muharriri (1954). Birinchi romani — "Kurlandiya"da urushning soʻnggi kunlari tasvir etilib, Vatan himoyachilari obrazi yaratilgan. N. "Kutilgan kun" (1957), "Oqshom" (1960), "Sarsonlik-sargardonlik" (1970) romanlari muallifi. Soʻnggi uch roman keyinchalik "Qon va ter" trilogiyasini tashkil etib (1974), koʻplab tillarga tarjima etilgan. N.ning ocherk, esse va tanqidiy maqolalari "Oʻylar" (1974) kitobidan oʻrin olgan. N.A.P.Chexov, A. M.Gorkiy hikoyalari, ispan dramaturgi A.Kessoning "Daraxtlar tik turib oʻladi" va Nozim Hikmatning "Koʻk podsho" asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. Jambul nomidagi Qo-zogʻiston Davlat mukofoti laureata (1947)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil