Nutq aʼzolari, nutq apparati — odam organizmining nutq tovushlari hosil boʻlishida qatnashadigan turli qismlari. Til, lab, yumshoq tanglay, hiqildoq muskullari va nafas muskulaturasidan tashkil topgan periferik nutq apparati faoliyatini bosh miya poʻstlogʻi boshqaradi. Aktiv Nutq aʼzolariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv Nutq aʼzolariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun boʻshligʻi kiradi. Nutq aʼzolari 3 qismdan iborat: 1) nafas yoʻli — nutq apparatining quyi qismi; 2) hiqildoq — nutq apparatining oʻrta qismi; 3) tomoq, ogʻiz va burun boʻshliqlari — nutq apparatining yuqori qismi. Nutq apparatining quyi qismi (nafas yoʻli) tovush chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Nutq apparatining yuqori qismi — boʻgʻiz va tomoq, ogʻiz va burun boʻshlikdari muhim Nutq aʼzolari boʻlib, nutq tovushlarining rang-barang turlarini hosil qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil