Nuvayriy Shihobiddin Ahmad Ibn Abd Al-Vahhob

Nuvayriy Shihobiddin Ahmad Ibn Abd Al-Vahhob (1279.6.4 - 1332.17.6, Qohira) — arab olimi. Misrda, mamluklar saroyida yashagan. N. 31 jilddan iborat "Nihoyat al-arab fi funun aladab" ("Adabiyot haqida arabcha yetuk kitob") nomli yirik (9 ming betdan oshiq) asar muallifi. Asarning yarmi tarixga oid boʻlib, Misr, Oltin Oʻrda, musulmonlar Ispaniyasi (Andalusiya) tarixi batafsil bayon etilgan. Asar bir necha Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil