Nyukasl xalqaro sportlar markazi
Hunter stadioni Avstraliyaning Nyukasl shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadiondir. Stadion Newcastle Knights regbi klubi va Newcastle Jets FC futbol klublarining uy stadioni hisoblanadi. Stadionga Yangi Janubiy Uels (New South Wales) hukumati egalik qiladi, hamda, Hunter viloyati sport markazlari organi (Hunter Region Sporting Venues Authority) tomonidan boshqariladi. Homiylik maqsadlari tufayli stadion ilgari Marathon stadioni, EnergyAustralia stadioni va Ausgrid stadioni deb nomlangan. AFC musobaqalarini oʻtkazib boshlagandan keyin, sponsorlik maqsadlar tufayli, Nyukasl xalqaro sportlar markazi, shuningdek, Nyukasl stadioni (Newcastle Stadium) deb ham nomlana boshlandi.
NISC Newcastle International Sports Centre (Nyukasl xalqaro sportlar markazi) | |
---|---|
Asosiy (gʻarbiy) sektor | |
Toʻliq nomi | Hunter xalqaro sportlar markazi |
Sobiq nom(lar)i |
Xalqaro sportlar markazi (1970—1991) Marathon stadioni (1992—2001) EnergyAustralia stadioni (2001–10) Ausgrid stadioni (2011) |
Joyi | Nyukasl, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya |
Koordinatalari | 32°55′8″S 151°43′36″E / 32.91889°S 151.72667°E |
Asos solingan | 1967 |
Qachon ochilgan | 10-aprel, 1970-yil |
Qachon taʼmirlangan | 2003–05, 2008–11 |
Egasi | Yangi Janubiy Uels hukumati |
Operator | Venues NSW (Hunter Venues) |
Yuzasi | chim |
Hajmi | 33,000 |
Maydon egalari | |
Newcastle Knights (regbi) (1988–hozir) Hunter Eagles (beyzbol) (1994—1998) Newcastle Jets FC (futbol) (2000–hozir) | |
Vebsayt | |
hunterstadium.com.au |
Tarixi
tahrirStadion qurilishi 1967-yilning 1-dekabrida boshlangan va 1970-yilning 10-aprelida qirolicha Elizaveta II tomonidan ochilgan. Stadion aslida Xalqaro sportlar markazi deb nomlangan va hozir ham Xalqaro sportlar markazi kompleksining bir qismidir. Stadion chim yuzasi oval shaklda boʻlgan edi, futbol, regbi va kriket sport turlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan.
The Knights regbi klubi stadionni 1986-yili ijaraga oladi va stadion yuzini oval shakldan toʻrtburchak shaklga oʻzgartiradi. 1988-yildagi Great Britain Lions regbi turniri davomida klub oʻsha mavsumda ilk bora maydondan uy stadioni vazifasida foydalanadi.
1992-yili mahalliy shina magazini Marathon Tyres homiy boʻlganligi sababli, stadionning nomini oʻzgartirish huquqiga ega boʻladi va stadion Marathon stadioni deb qayta nomlanadi. 2001-yilning oxirlariga kelib, energiya yetkazib beruvchi EnergyAustralia kompaniyasi homiy boʻlganligi sababli stadionga EnergyAustralia stadioni deb nom beriladi. EnergyAustralia kompaniyasining nomi Ausgridga oʻzgargandan keyin 2011-yili stadion nomi Ausgrid stadioniga oʻzgartiriladi.[1]
Stadion qayta qurilishidan oldin uning hajmi 28,000 shuningdek asosiy sektorda 5000ta oʻrin boʻlgan. 1995-yili iyul oyida boʻlib oʻtgan The Knights regbi klubi va Manly-Warringah Sea Eagles regbi klublari oʻrtasidagi uchrashuvida, staion tarixida rekord darajada eng koʻp 32,642 tomoshabin kirishgan. Keyinchalik, stadionda tomoshabinlarning havfsizligi uchun, uning hajmi qisqartirilgan.
Australian Broadcasting Corporation kompaniyasi, FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi stadionning avvalgi nomi (Nyukasl xalqaro sportlar markazi Newcastle International Sports Centre) berilishini soʻragan va homiy kompaniyalar stadion nomini oʻzgartirib reklama qilmasliklarini taʼkidlab oʻtishgan.
AFC Osiyo kubogi 2015
tahrirSana | Vaqt (UTC+11) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Round | Tomoshabin |
---|---|---|---|---|---|---|
12-yanvar 2015 | 18:00 | Yaponiya | 4-0 | Falastin | D guruhi | 17,147 |
17-yanvar 2015 | 19:00 | Ummon | 1-0 | Kuvayt | A guruhi | 7,499 |
27-yanvar 2015 | 20:00 | Avstraliya | 2-0 | Birlashgan Arab Amirliklari | Pley-off bosqichi | 21,079 |
30-yanvar 2015 | 20:00 | Iroq | 2-3 | Birlashgan Arab Amirliklari | Pley-off bosqichi | 12,829 |
Manbalar
tahrir- ↑ Goffet, Neil. „EnergyAustralia stadium to change name“ (18-fevral 2011). 17-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayt
- EnergyAustralia stadioni sahifasi (newcastleknights.com.au)da (Wayback Machine saytida 17-iyul 2012-yil sanasida arxivlangan)