O'ktamxon Soliyeva
Oʻktamxon Soliyeva — 1963-yili Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida tugʻilgan. 1983-yili Margʻilon shahar pedagogika bilim yurtini tamomlagan. Ayni paytda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida murabbiy boʻlib ishlayapti[1]. Shoiraning „Shukur qilib yashaylik“, „Sadoqat“, „Quyoshli yurt haqida doston“, „Yuragimga yaqinlarim“, „Qalb nuri yoritgan yoʻl“ va bolalar uchun „Opoqijon, opoqi“ nomli asarlari chop etilgan.U 40 yildan beri taʼlim sohasida mustaqil fikrli, keng dunyoqarashga ega barkamol avlodni tarbiyalab kelyapti.Oʻktamxon Soliyeva „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoni bilan taqdirlangan. Asarlari va badiiy publitsistik maqolalari Qozogʻiston, Polsha, Hindiston, AQSHning nufuzli nashrlarida chop etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Soliyeva, O'ktamxon. „TINCHLIK VA OSOYISHTALIK – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK ASOSI“ (22-oktabr).
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |