Oʻnhayot — Namangan viloyati Uychi tumanidagi shaharcha. 1989-yil 30-oktabrda tashkil qilingan. Aholisi 14 ming kishi (2005). Shaharchada "Ipakchi" aksiyadorlik jamiyati, sanoat, savdo korxonalari, xususiy doʻkonlar, gʻisht zavodi, kichik korxonalar, xususiy firmalar faoliyat koʻrsatadi.

3 umumiy taʼlim maktabi (3,5 ming oʻquvchi), sport maktabi, stadion, kutubxona, madaniyat saroyi, "Ovchibuloq" ziyoratgohi bor. Kdshloq vrachlik ambulatoriyasi, xususiy shifoxona aholiga xizmat koʻrsatadi. Oʻnhayat shaharchasi yonidan Namangan — Uchqoʻrgʻon avtomagistrali oʻtadi. Mashhad mozor jome masjidi, Oʻrta masjid meʼmoriy yodgorliklari joylashgan.

Shaharchada 3 ta maktab faoliyat koʻrsatib kelmoqda 3-maktab, 29-maktab va 35-maktab shular jumlasidandir. O'nhayot shaharchasi Namangan shahriga eng yaqin hududlardan biri.