Oʻpkasiz salamandralar
Oʻpkasiz salamandralar — dumsiz suvda va kuruqlikda yashovchilar oilasi. Uzunligi 5—15 sm. Oʻpkasi reduksiyaga uchragan (nomi shundan), yuragi 2 kamerali, terisi va ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati orqali nafas oladi. 22 urugʻi, 215 turi bor. Amerika va Janubiy Yevropada tarqalgan. Koʻpchiligi suvda doimiy (togʻdagi soylar, gʻor va oʻrmonlardagi suv havzalari, quduqlarda), baʼzi turlari daraxtlarda oʻrmalab yuradi. Mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Gʻor Oʻpkasiz salamandralari uzun tili yordamida hasharotlarni tutib oladi. Tuxumlari va lichinkalari suvda yoki quruqlikda toshlar ostida va nam tuproqda, daraxtlar kovagida rivojlanadi. Urgʻochilari quruqlikda, odatda, tanasi bilan tuxumlarini oʻrab olib, ularni himoya qiladi. Metamorfoz orqali yoki metamorfozsiz rivojlanadi. Ayrim turlari tirik tugʻadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |