Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari

(O'rta Maxsus O'quv Yurtlaridan yoʻnaltirildi)

Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari – Oʻzbekiston Respublikasida sanoat, qurilish, transport va aloqa, qishloq xoʻjaligi, madaniyat va sanʼat, sogʻliqni saqlash va boshqalar sohalar uchun kadrlar tayyorlab beruvchi oʻquv muassasalari. Egallangan kasb-hunar boʻyicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki taʼlimni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos boʻladigan oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi beradi.

Dastlabki Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu. Yevropada 18-asrda paydo boʻlgan. Hozirgi Oʻzbekiston hududida birinchi oʻrta maxsus oʻquv yurti texnikum nomi bilan 1893-yil Toshkentda tashkil etilgan (yogʻmoy sanoati texnikumi). 1905-yilda Samarqand bogʻdorchilik texnikumiga asos solindi. 1940-yil Oʻzbekistondagi 98 Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu.da 25,1 ming oʻquvchi oʻqidi. Oʻzbekistonda Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu. akademik litsey va kasb-hunar kollejita boʻlinadi. 2004/05 oʻquv yili OʻzRdagi 897 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 651356 oʻquvchi taʼlim oldi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu. faoliyatiga tashkiliy, oʻquvuslubiy va ilmiy rahbarlik qiladi hamda davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv dasturlarini unifikatsiyalash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu. tuzilishi va ish mazmuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom bilan belgilangan. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu. odatda qaysi soha boʻyicha mutaxassislar yetishtirsa, shu tarmoq vazirligi, idora, korporatsiya, konsern, uyushma va korxonalar hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ixtiyorida boʻladi. Tarmoq vazirliklari, idora, korporatsiya, konsern, uyushma va korxonalar ularni moddiy va moliyaviy taʼminlashni, oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatishni va ularda amaliy qoʻnikmalarni tarbiyalashni amalga oshiradilar, mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu.da oʻquv jarayoni jahon talablariga mos keluvchi davlat taʼlim standartlari, yaʼni zamon talablariga javob beruvchi, istiqbol va kelajakni koʻzlab ishlab chiqilgan hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv reja va dasturlari boʻyicha tashkil etiladi. Ayrim maxsus oʻquv fanlari boʻyicha dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi topshirigʻiga binoan, tarmoq vazirligi, idora, korporatsiya, konsern, uyushma va korxonalar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu.ga oʻquvchilar 9 yillik umumiy oʻrta taʼlim maktabini tugatganlaridan soʻng qabul qilinadilar. Ular uchun maxsus darslik va oʻquv qoʻllanmalari nashr etiladi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu.ni bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradi. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, Toshkent pedagogika universiteti va Namangan muhandislik pedagogika instituti Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarioʻ.yu. uchun malakali pedagog va muhandispedagog kadrlar tayyorlashda bazaviy oliy taʼlim muassasalari hisoblanadi.