Oʻnboshi
Oʻnboshi — harbiy unvon, 10 kishidan iborat eng kichik harbiy boʻlinma boshligʻi. Turkiy xalklar tuzgan eng qadimiy davlatlar (mas, Hunlar va Turk xoqonligi)da ilk marta joriy qilingan. Oʻ. bevosita yuzboshita boʻysungan. Amir Temur davrida Oʻ. oddiy askarga nisbatan 10 barobar ortiq maosh olgan (bu paytda oddiy askarning oyligi mingan otining narxiga teng boʻlgan). Oʻrta Osiyo xonliklari davrida ham Oʻ.ning harbiy mavqei oʻzgarmagan. Turkiyeton mintaqasida qizil armiyaga qarshi kurash yillarida koʻplab qoʻrboshi guruhlarida (Ibrohimbek va boshqalar) Oʻ. lavozimi mavjud boʻlgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda Oʻ. Rossiyada "desyatnik" deb atalgan. 20-asrda sovet armiyasi safida 10 kishidan iborat harbiy boʻlinma boʻlib, uni boʻlim komandiri (yefreytor yoxud kichik serjant) boshqargan. Ad.: Temur tuzuklari, T., 1996.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |