Oʻrinboy Abdullayev

Sovet Ittifoqi qahramoni

Oʻrinboy Abdullayev (1912.18.4, Toʻrtkoʻl tumani – 1989.15.8) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 2-Boltiqboʻyi fronti, 3-zarbdor armiyasi, 219-oʻqchi diviziyasi, 375-oʻqchi polkining 1-oʻqchi rotasi oʻqchisi. Latviyaning Ludze shahri atrofidagi jangda dushman qoʻshinlari chegarasini birinchi boʻlib yorib kirganligi uchun Qahramon unvoni berilgan (1945). Urushdan soʻng Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumaniga qaytib, chorvachilik sohasida mehnat qilgan[1].

Oʻrinboy Abdullayev
Tavalludi 18-aprel 1912-yil
Vafoti 15-avgust 1989-yil
Toʻrtkoʻl tumani
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari 1-darajali Vatan urushi ordeni

Biografiyasi

tahrir

Oʻrinboy Abdullayev 1912-yil 18-aprelda Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumani, Bogʻob qishlogʻida tugʻilgan[2]. Millati qoraqalpoq. Boshlangʻich maʼlumotni olgach, mahalliy kolxozda ishlagan.

Ulugʻ Vatan urushida qatnashishi

tahrir

Oʻrinboy Abdullayev 1943-yil yanvar oyida Qizil Armiya safiga chaqirilgan, 1943-yil may oyidan boshlab frontda jang qilgan. 1944-yil 18-iyulga oʻtar kechasi katta serjant Hakimyan Rahimovich Axmetgalin boshchiligidagi oʻn kishilik guruh bilan oddiy askar Oʻrinbay Abdullaev front chizigʻiga joʻnatildi. Latviyaning Ludze shahri yaqinida, dushman tomonidan oʻrab olingan razvedka guruhi uning qoʻshini bilan jangga kirishadi, bundan tashqari, guruh Sunuplyava qishlogʻi yaqinida joylashgan strategik ahamiyatga ega 144-tepalikni ham mudofaa qilgan[3]. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Qizil Armiya askari Oʻrinboy Abdullayev umrbod Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi[2][3].

Ammo kontuziya boʻlgan Oʻrinboy Abdullayev 144-tepalikdagi jangdan soʻng fashistlar tomonidan asirga olinadi. Keyinchalik Oʻrinboy Abdullayev Magdeburg yaqinidagi konslagerga joʻnatilgan[2].

Urushdan keyingi hayoti

tahrir

Urushdan soʻng biroz Ufada boʻlib, keyinroq Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga qaytib kelgan. Oʻrinboy Abdullayev kolxozda ishlay boshlagan. 1962-yil may oyida 144-tepalikka urushdan keyin birinchi marta tashrif buyurgan. 1963-yil 10-noyabrda yana shu tepalikka kelgan. 1965-yilda KPSS aʼzoligiga qabul qilingan. 1989-yil 15-avgustda vafot etgan[2].

Mukofotlari

tahrir

Sovet Ittifoqi Qahramoni, „Oltin yulduz“ medali (11152-son, 1945-yil 24-mart, 1961-yilda berilgan)[3], Lenin ordeni (24.03.1945), 1-darajali Vatan urushi ordeni, „Jasurlik uchun“ medali (16.07.1944)[4] bilan mukofotlangan[2].

Xotira

tahrir

Oʻrinboy Abdullayev Riga shahrining faxriy fuqarosi hisoblanadi. Oʻrinboy Abdullayev xotirasiga Ludze shahrida monument, Sunuplyava qishlogʻida obelisk qoʻyilgan[2].

Manbalar

tahrir