Oʻrozgul Davletova (1923.20.4, Toʻrtkoʻl tumani) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). 1938—41 yillar va 1952— 94 yillar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq musiqali teatrida, 1941—47 yillar Toʻrtkoʻl yosh tomoshabinlar teatrida, 1947—50 yillar Toʻrljoʻl kolxoz—sovxoz teatrida aktrisa, 1950—52 yiklar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Eng yaxshi rollari: Gulchehra ("Arshin mol olon"), Nasiba ("Ogʻriq tishlar"), Dorina ("Tartyuf"), Sarvinoz ("Qirq qiz"), Emiliya ("Otello"), Jumagul ("Qoraqalpoq qizi"), Anor ("Onalar") va boshqalar Davletova lirik, dramatik hamda harakterli rollar ustasi boʻlib, ayniqsa qoraqalpoq ayollari obrazini dadillik, faollik, xushchaqchaqlik, hazilmutoyibaga moyillik bilann, milliy ruhda, alohida mahorat bilan yaratadi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil