Oʻrta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi
Oʻrta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi[1] – Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan, Axborot texnologiyalari, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi. Muassasa 435 oʻringa moʻljallangan.
O'rta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi | |
---|---|
Address | |
O‘rta Chirchiq tumani Xalqobod MFY Ibn Sino ko‘chasi 17 uy 41.07295641016285, 69.23294179004625 Toshkent Oʻzbekiston, Toshkent, O'rtachirchiq, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Ibn Sino 17 uy, 111501, Oʻzbekiston | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Budjet, kasb-hunar |
Asos solingan sanasi | 2009 |
Ochilgan sanasi | 2020 |
Maktab raqami | +998(99)5197001
+998(99)8503125 |
Direktor | Shermatov Avaz Alidjanovich |
Asst. Principal | Ayubova Dilafruz Xamidullayevna
Yuldasheva Lazokat Umarovna Karimova Zulfiya Sotboldiyevna |
Oʻquvchilar soni | 750 |
Classes | 14 |
Area | 2,4 gektar |
Website | https://t.me/ikkinchi_son_kasb_hunar_maktab |
Ochilish tarixi
tahrir2009-yilda O'rta Chirchiq axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji sifatida malakali ishchi kadrlar tayyorlab berish uchun tashkil etilgan. Toshkent viloyati hokimyati oʻrta-maxsus, kasb- hunar taʼlimi boshqarmasi 12-mart 2007-yil 87-sonli buyrugʻi bilan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi „Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi 204-sonli qarorning birinchi bandi, 2003-yil 29 -oktabrdagi „Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashiga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida“gi 473-sonli qarorlarini bajarish maqsadida hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 2009-yil 7-martdagi 34 -sonli buyrugʻi asosida tashkil etildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5812 Farmoni[2] bilan O‘rta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi tashkil etilgan.
Bino tavsifi
tahrirKasb-hunar maktabida 14 ta oʻquv xonasi, 9 ta oʻquv ustaxonasi, binolar soni 2 ta, sport zali, , siyosiy va badiiy adabiyotlarga ega axborot kutubxona markazi, 30 oʻrinli oʻquv zali, 120 oʻrinli faollar zali, 4 ta kompyuter xonasi va 30 oʻrinli oshxona mavjud. Taʼlim muassasasida 750 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil oladi.
Yoʻnalishlari
tahrir- kunduzgi taʼlim, muddati 2 yil
- dual taʼlim, muddati 2 yil
- Manzil:[3] Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani, Xalqobod MFY, Inb Sino koʻchasi 17-uy
Tayyorlaydigan kasblar
tahrir- 30610201 - Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi
- 30610101 - Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
- 30720707 - Tikuvchi
- 30810101 - Qishloq xo‘jaligi mashinalarini ta’mirlash chilangari
- 30710401-Eletromontyor
- 31020201-Qutqaruvchi
- 31030101-O't o'chiruvchi
- 30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
- 30720412 - Mebel ishlab chiqarish (dual)
Manbalar
tahrir- ↑ „Oʻrtachirchiq Kasb hunar maktabi“. YouTube. Qaraldi: 18-mart 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
- ↑ „Oʻrtachirchiq tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi manzili“.