Oʻrta tolali gʻoʻza
Oʻrta tolali gʻoʻza — 2436 mm tola beradigan gʻoʻza navlari. Oʻrta tolali gʻoʻzagʻ.ga, asosan, meksika gʻoʻzasi navlari, qisman afrikaosiyo gʻoʻzasi navlari kiradi. Bu gʻoʻza tolasidan toʻqimachilik sanoatida xilmaxil gazlamalar va texnika mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan paxta tolasining 80% dan koʻprogʻini Oʻrta tolali gʻoʻzagʻ.lar beradi. Oʻrta Osiyoda gʻoʻza ekiladigan maydonlarning 90% ga yaqinini Oʻrta tolali gʻoʻzagʻ. navlari tashkil qiladi. Oʻrta tolali gʻoʻzagʻ. navlari morfologik, biologik va qimmatli xoʻjalik belgilariga koʻra xilmaxil. Vegetatsiya davri 100—180 kun va undan ham koʻproq, 1700—1900° samarali, 4330—4740° faol haroratni talab etadi. Tupi ixchamdan to tarvaqaylagan shaklgacha boradi. Poyasi boʻii 50—60 sm dan 120—150 sm gacha. Poyasining tuklanishi siyrak. Barglari yashil, boʻlmalari keng, uchburchak shaklda. Gullari oʻrtacha va yirik, gulbarglari ochsariq, tubida toʻq qizil dogʻlari yoʻq. Koʻsaklari 3—3,5 g dan 8—II g gacha, 4— 5 chanokli, sirti silliq, och yashil, sharsimon, tuxumsimon shaklda, pishib yetilishi bilan chanoqlari yaxshi ochiladi. Chigiti maydayirik (1000 ta chigiti vazni 90—95 g dan 160180 g gacha), aksariyati tukli (tuksiz chigit beradigan navlari ham bor). Tolasi oq, malla ranglari ham uchraydi. Tola chiqishi 30%dan 40% gacha. Oʻrta tolali gʻoʻzagʻ. ekiladigan asosiy hududlar: Oʻrta Osiyo, AQShning gʻoʻza ekiladigan shtatlari, Pokiston, Hindiston, Janubiy Braziliya, Argentina, Meksika, Afrikaning ayrim mamlakatlari, Xitoyning shim.sharqiy viloyatlari, Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati va boshqalar Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy Oʻrta tolali gʻoʻzagʻ. navlari (2005): AnBoyovut 2, S4727, S6530, S6524, Toshkent 6, Oqdaryo 6, An 402, Namangan 77, Buxoro 6, Yulduz, Xorazm 126 va boshqalarAbdumavlon Abdullayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |