Oʻta chuqur burgʻilash
Oʻta chuqur burgʻilash — katta chuqurlikdagi foydali qazilma konlarini izlash, yer qaʼridagi togʻ jinslarining geologikfizik parametrlarini, mineral xom ashyoning hosil boʻlish va joylanish qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida Yer qaʼrining oʻta chuqur qismida olib boriladigan burgʻilash jarayoni. Dunyo boʻyicha eng chuqur quduq Kola yarim orolda 12066 m chuqurlikda qazilgan (1984). AQShda qazilgan oʻta chuqur quduq 9583 m boʻlgan (1974). 20-asrning 60-yillaridan boshlab chuq. 6000 m dan ortiq quduqlar, oʻta chuqur quduqlar sirasiga kiritila boshladi. D.I.Shcherbakov Oʻta chuqur burgʻilashb. asoschilaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda eng chuqur quduq (Mingbuloq konida) 6330 m, Qozogʻistonda (Orolsor qudugʻi) 8000 m qazilgan (qarang Burgʻilash),
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |