Oʻtkir zotiljam nafas olish a'zolari kasalliklari orasida ko'p uchraydigan, asosan, oʻpka toʻqimalari (alveola, oraliq toʻqima, mayda qon tomirlari)ning oʻtkir yalligʻlanishi bilan kechadigan kasallikdir. Bu kasallik oʻrta hisobda har 10000 aholiga 16 tadan toʻgʻri keladi. Oʻtkir zotiljam bilan har qanday yoshdagi odam kasallanishi mumkin. Ammo bu kasallik yosh bolalar va qariyalarda koʻproq uchraydi. Kasallik oʻz vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Agar kasallik oʻz vaqtida aniqlanmasa, toʻgʻri davolanmasa, har xil ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishi, hatto oʻlimga olib kelishi mumkin.

Sabablari (etiologiyasi)

tahrir

Oʻtkir zotiljam kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagilar:

1.Bakteriyalar: pnevmokokklar, stafilokokklar, streptokokklar, Frindlender tayoqchasi, enterokokk, protey, ichak tayoqchasi va boshqalar;
2. Viruslar, gripp, paragripp, rinosinsitial viruslar, adenoviruslar;
3. Mikroplazmalar;
4. Rikketsiyalar:
5.Kurikketsiyalari;
6. Zamburugʻlar: kandidozlar, aspergilloz, koksidioz;
7. Oʻtkir zotiljam turli yuqumli: a) virus kasalliklar (ortinoz, psittakoz, koʻkyoʻtal, qizamiq, suvchechak),
b) bakterial kasalliklar (brutselloz, tularemiya, ich terlamasi va b.) koʻrinishi yoki asorati sifatida ham rivojlanishi mumkin;
8.Allergiya: Lyoffler sindromi, gijjalarga, dorilarga, mogʻor zamburugʻlari va har xil changlarga nisbatan allergiya mavjudligi;
9. Fizik va kimyoviy omillar: aspiratsiya, jarohat, radioaktiv nurlar taʼsiri.
Oʻtkir zotiljamga, asosan, 54% dan 74% gacha hollarda pnevmokokklar sabab boʻladi. Gripp epidemiyasi vaqtida kasallikni virus va bakteriyalar (koʻpincha stafilokokklar) birgalikda keltirib chiqaradi.

Klinik belgilari

tahrir

Kasallik toʻsatdan boshlanib, bemorning tana harorati 39-40°C ga koʻtariladi, eti qattiq junjikib, qaltiraydi, darmoni qurib, boshi ogʻriydi, terlaydi. Avval quruq, soʻngra shilliq rangli qizgʻish balgʻam ajratib yoʻtaladi. Oʻtkir zotiljamning rivojlanishiga qattiq sovuq qotish, jismoniy va ruhiy oʻta toliqish, tananing zaharlanishi hamda kasallikka qarshi kurashish qobiliyatining susayishi va boshqa bir qancha omillar sabab boʻladi.

Rivojlanish jarayoni (patogenez)

tahrir

Kasallik qoʻzgʻatuvchi bakteriya va viruslar oʻpkaga uch xil yoʻl bilan kirishi mumkin:
1. Nafas yoʻli (bronx) orqali;
2. Qon tomirlari orqali;
3.Limfa yoʻllari orqali. Bakteriyalar oʻpkaga, asosan, nafas yoʻllari bronxlar orqali nafas olganda tashqaridan kirishi (ingalatsiya) yoki burun ogʻiz boʻshligʻidan (aspiratsiya) tarqalishi mumkin. Infeksiyaning oʻpkaga qon orqali tarqalishi esa koʻproq sepsisda kuzatilib, bunda ikkilamchi zotiljam rivojlanadi. Bakteriyalarning limfa yoʻllari orqali tarqalishi koʻkrak qafasi jarohatlanganda kuzatiladi. Yurak va qon tomirlar sistemasi yetishmovchiligi bor yoki uzoq muddat majburan yotib qolgan bemorlarda oʻpka toʻqimalaridagi mavjud mikroflora faollashib, ikkilamchi zotiljamning gipostatik xili rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Oʻtkir zotiljamning rivojlanishi, uning klinik manzarasi mikroblar virulentligiga, organizmning oʻzini himoya qilish xususiyati qay darajada ekanligiga bogʻliq.


Manbalar

tahrir

1. Oʻ.B. Sharapov. Ichki kasalliklar. Abu Ali ibn Sino . T., 1994.
2. K.Bahodirov. Ichki kasalliklarda tashxis va diagnostika. T., 1993.
.

Adabiyotlar

tahrir

1."Hamshira jurnali" N3, T., 2000.
2. V.M. Majidov. Yuqumli kasalliklar. T., 1993.
3. V.I.Porkovskiy. Infeksion kasalliklar. T., 1990