Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi

(OʻzSSR Fanlar Akademiyasidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (qisqartmasi: Oʻzbekiston FA yoki OʻzFA), toʻliq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston milliy akademiyasidir. Akademiya 1943-yilning noyabrida ochilgan. Bugungi kunda Xalqaro Ilmiy Ittifoq (ICSU), Xalqaro Radioittifoq (URSI) va Xalqaro Astronomik Ittifoq (IAU) aʼzosidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 1943-yil

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi — mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti. Akademiklar va uning xorijiy aʼzolarini hamda oʻz tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlashtiradi. Asosiy vazifasi fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, davlat va jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha fundamental ilmiy tekshirish va ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilash, tabiiy, texnikaviy, tibbiy, ijtimoiygumanitar fanlar sohasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va maʼnaviymaʼrifiy rivojiga koʻmaklashuvchi fundamental tadqiqotlar olib borishdan iborat. Fanlar akademiyasi fan, texnika, madaniyat va maʼrifat sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradi, ilmiy ishlanmalarni muvofiqlashtiradi va ularga samarali rahbarlikni taʼminlaydi, davlatning intellektual, iqtisodiy va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy texnologiya yutuqlarini oʻz vaqtida ishlab chiqarishga joriy etadi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi har yili oʻz faoliyati toʻgrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqsim etadi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq mintaqaviy boʻlimi Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti Akademik S.A.Azimov nomidagi «Fizika-quyosh» IICHB materialshunoslik instituti Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti RT-70 Radiorasadxonasi Umumiy va noorganik kimyo instituti Akademik S.Yu.Yunusov nomidagi o’simlik moddalari kimyosi instituti Akademik O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti Mikrobiologiya instituti O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti Immunologiya instituti Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti G’.O.Mavlonov nomidagi seysmologiya instituti Genomika va bioinformatika markazi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti Tarix instituti Sanatshunoslik instituti Yahyo G’ulomov nomidagi arxeologiya instituti O'zbek tili va adabiyoti muzeyi Oʻzbekiston FA 1943-yil 4-noyabrda OʻzFANnegizida tashkil etilgan. T.N. Qori-Niyoziy uning birinchi prezidenti qilib saylangan. Akademiya tashkil topgan yili uning tarkibida 11 haqiqiy aʼzosi, 18 muxbir aʼzosi hamda 3 faxriy aʼzosi boʻlib, 10 ilmiy tekshirish institutini birlashtirgan. 210 ilmiy xodim, jumladan, 28 fan d-ri va 80 ga yaqin fan nomzodi ishlagan.

Akademiya tashkil topgan davrdan beri uning ilmiy tekshirish muassasalari xodimlarining soni, ilmiy tekshirish ishlarining koʻlami va salmogʻi jihatidan katta tarixiy rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. Akademiya olimlari tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish muammolari, taʼlim va maʼrifat masalalari, liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshliligini oshirishning metodologik asoslari, mulkiy munosabatlardagi oʻzgarishlar, mehnatni ragʻbatlantirish va aholini ijtimoiy himoyalash muammolari, moliyakredit, soliq va sugʻurta mexanizmini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati va kuchli demokratik davlatni shakllantirish masalalari boʻyicha tadqiqotlar olib boradilar. Akademiya olimlarining Oʻzbekiston oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyatiga asoslanganligi va eng qadimiy sivilizatsiya oʻchoqlaridan biri ekanligi, Oʻzbekiston hududida davlatchilikning ilk koʻrinishlari miloddan avvalgi 2-ming yilliklarda boshlanganligi toʻgʻrisidagi tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Akademiya olimlari fundamental tadqiqotlar ustida ishlash bilan chegaralanibgina qolmay, mamlakat taraqqiyoti uchun zarur boʻlgan zamonaviy asbobuskunalar, tibbiy jihozlar, doridarmon, foydali oʻsimliklarning yangi navlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi vositalar, shuningdek, yer osti boyliklarini qazib olishning yangi texnologiyalarini yaratmoqdalar.

Fanlar akademiyasining koʻpgina muassasalari xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalari bilan birgalikda tadqiqotlar olib boradi. Jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi, Elektronika, Fizikatexnika, Mikrobiologiya, Biokimyo, Suv muammolari, Umumiy va noorganik kimyo intlari bilan AQSh, Xitoy, Germaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Hindiston, Turkiyadagi yirik ilmiy markazlar oʻrtasida manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Akademiyaning ilmiy tekshirish muassasalari oʻzlarining ilmiytashkiliy faoliyatlarini tegishli fan yoʻnalishlari (fizikamatematika va texnika fanlari; kimyo, biologiya va Yer haqidagi fanlar; ijtimoiygumanitar fanlar) boʻyicha vitseprezident xizmati bilan birgalikda olib boradi. Akademiyaning „Akademasbob“ ilmiyi.ch. birlashmasi, „Algoritminjiniring“ instituti, Arxeologiya instituti, Biokimyo instituti, Bioorganik kimyo instituti, „Botanika“ ilmiyi.ch. markazi, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Geologiya va geofizika instituti, „Zamonaviy informatsion texnologiya“ ilmiy texnika markazi qoshidagi Kibernetika instituti, Zoologiya instituti, Immunologiya instituti, Iqtisodiyot instituti, Kosmik asbobsozlik instituti, Kosmik tadqiqotlar markazi va uning tarkibidagi Astronomiya instituti, Matematika instituti, Mikrobiologiya instituti, Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Seysmologiya instituti, Suv muammolari instituti, Tarix instituti, Til va adabiyot instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Falsafa va huquq instituti, „Fizika-Quyosh“ ilmiyi.ch. birlashmasi tarkibidagi Fizikatexnika instituti va Materialshunoslik instituti, Fiziologiya va biofizika instituti, Sharqshunoslik instituti, Elektronika instituti, Yadro fizikasi instituti, Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Qoraqalpogʻiston boʻlimi (qarang Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi) hamda Xorazm Maʼmun akademiyasi, Samarqand mintaqaviy boʻlimi, Buxoro ilmiy markazi, Ilmiyoʻquv markazi, Asosiy kutubxonasi (qarang Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi), Issiqlik fizikasi boʻlimi, Adabiyot muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, Botanika bogʻi, Avtomatlashtirish va hisoblash texnikasi boʻyicha ixtisoslashgan loyihakonstruktorlik byurosi, „Radiopreparat“, „Tezlatgich“ korxonalari, Chirchiq shahridagi „Kompozit“ tajribaeksperimental zavodi, RT70 radiorasadxonasi, tajriba zavodi bor.

Oʻzbekiston FAning yuqori organi — FA akademiklari va ilmiy tekshirish muassasalari direktorlaridan tashkil topgan Umumiy majlis. FA Umumiy majlisi ilm-fanni rivojlantirish va akademiya faoliyatining eng muhim masalalarini koʻrib chiqish uchun uning Hayʼati tomonidan har yili kamida 1-marta chaqiriladi. Umumiy majlisda ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor, istiqbolli va ilgʻor yoʻnalishlari va ularga taalluqli ilmiy dasturlar loyihalari muhokama etiladi hamda ular boʻyicha zarur qarorlar qabul qilinadi, akademiya faoliyatining asosiy tashkiliy masalalari hal qilinadi, uning haqiqiy va xorijiy aʼzolari saylanadi (qarang Akademik).

Oʻzbekiston FAning 122 aʼzosi bor (2005). Akademiya muassasalarida 5259 ilmiy xodim, jumladan, 360 fan d-ri va 860 fan nomzodi ishlaydi.

Fanlar akademiyasida ilm-fan sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan olimlar uchun Al-Xorazmiy (1992-yil taʼsis etilgan), Zahiriddin Muhammad Bobur (1993), H.M. Abdullayev (1993) nomida medallar taʼsis etilgan. Akademiklar H. Fozilov, Yo.Toʻraqulov, professor F. Abdullayev Al-Xorazmiy nomidagi, Akademik U. Karimov va tarixchi olim R.Sulaymonov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi, Akademiklar I.Hamroboyev, F.Usmonov va professor NM.Kucherskiy H.M.Abdullayev nomidagi medalga sazovor boʻlishgan.

Oʻzbekiston FA nashriyotchilik ishini, asosan, „Fan“ nashriyoti orqali amalga oshiradi. FA da „Geliotexnika“, „Informatika va energetika muammolari Oʻzbekiston jurnali“, „Mexanika muammolari Oʻzbekiston jurnali“, „Oʻzbek tili va adabiyoti“, „Oʻzbekiston biologiya jurnali“, „Oʻzbekiston kimyo jurnali“, „Oʻzbekiston matematika jurnali“, „Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi maʼruzalari“, „Oʻzbekiston tarixi“, „Oʻzbekiston fizika jurnali“, „Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar“ ilmiy jurnallari, „Fan va turmush“ ilmiy-ommabop jurnali nashr etiladi.

Prezidentlar

tahrir

Havolalar

tahrir