Oʻzan – daryo vodiysining eng past, suv oqadigan, hatto suv qaytish davrida ham oqim boʻladigan qismi. Katta daryolar oʻzanning eni bir necha kilometrga yetishi mumkin. Togʻlarda oʻzan koʻpincha toʻgʻri, qirgʻoqlari tik boʻladi, tekisliklarda esa ilon izi, ayrim joylari sayoz boʻlib, suvning yuvishi, choʻkindilar yotqizilishi natijasida shakli (masalan, Oʻzbekistonda Sirdaryo va Amudaryo daryolari oʻzani) oʻzgarib turadi. Qurgʻoqchil oʻlkalarda yilning koʻp qismida qurib yotadigan mavsumiy oʻzanlar ham boʻladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Oʻzan" OʻzME. Oʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir