Oʻzbek tilining qarluq-chigil shevasi

suniy tillar
(Oʻzbek (qarluq) tilidan yoʻnaltirildi)

Qarluq oʻzbek tili (Oʻzbek tili, Ўзбек тили, arab. ئۇزبېك تیلى yoki Oʻzbekcha, Ўзбекча) — qarluq-xorazmiy guruhining turkiy tili. Anʻanaviy ravishda oʻzbek tilining qarluq lahjasi deb taʼriflanadi.

Oʻzbek tilining qarluq-chigil shevasi
Milliy nomi Oʻzbek tili, Ўзбек тили (/ozbek/)
Mamlakatlar Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston
Rasmiylik holati Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 40 mlndan ziyod (qipchoq va oʻgʻuz shevalari bilan birga)
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qarluq guruhi
Qarluq-xorazmiy ostguruhi
Alifbosi lotin, kirill, arab (Oʻzbek yozuvi)
Til kodlari
ISO 639-1 uz
ISO 639-2 uzb
ISO 639-3 uzb, uzn, uzs

Maʼlumot

tahrir

Oʻzbek tili sezilarli darajada lahjaviy tarmoqlanganligi bilan ajralib turadi. Fargʻona vodiysi shevalari adabiy til asosiga kirgan.

Zamonaviy oʻzbek tilida unlilar ohangdoshligi buzilgan yoki kam ifodalangan, [o] va [ö] - [o]da, [u] va [ü] — [u]da, [ı] va [i] esa — [i]da (oʻrta qatordagi unli) mos kelishi yuz bergan. "O"lash xususiyatiga ham ega ([a] > [o]). Shu vaqtning oʻzida oxirgi k, q, g, gʻlar saqlanadi, tarixiy old unlilar oʻrtasidagi holatida esa -j- tovushi -ģ- ga oʻtadi.

Oʻzbek tilida qoʻshni qipchoq tillariga nisbatan fors va arab tillaridan oʻzlashtirishlar soni koʻp.

Yana qarang

tahrir