Oʻzbek liboslari galereyasi
Oʻzbek liboslari galereyasi — milliy liboslar namoyish etiladigan uy. Kiyimlarni modellash va loyihalash, ularni milliy mato koloritida namoy-ish qilish, milliy kiyimlarni targʻib qilish, yan-gilarini oʻylab topish, modalar koʻrsatuvini tashkil qilish, xalqaro uch-rashuatar (aloqalar)ni, milliy libos sanʼatini rivojlantirish, kon-traktlar tuzish bilan shugullanadi. Toi^kentning Eski joʻva maydonida 2005-yilda qurildi (meʼmori Yu.Mi-roshnichenko). "Modern" uslubida qurilgan bino (86,0x36,0, yon tomonlari 24,0x30,0 m, markaziy qismi 36,0x36,0) baland moviy gumbaz bilan yopilib, ichki va tashqi tomonlari meʼmoriy-badiiy jihatdan qad. va zamonaviy meʼmorchilik anʼanalari asosida bezatilgan. Bino balandligi 25,90 m, 4 qavatli [pastki (yer ostidagi) qavatni hisobga olganda], 1-qavatda vesti-byul, modalar galereyasi, atelye, savdo joyi, kafe-bar va boshqa, 2-qavatda kiyimlar namoyish zali, kolleksiyalar joyi, matolar va tayyor kiyimlar doʻkoni va boshqa, 3-qavatda tomosha may-doni, bufet, xizmatchilar va texnik xodimlar joylashgan. Oʻziga xos meʼmoriy yechimga ega boʻlgan baland peshtokli kirish qismi orqali serhasham koʻrgazmalar zaliga oʻtiladi. Liboslar tayyorlaydigan ustaxonalar, savdo shahobchalari, umumovqatlanish korxonasi ham binoning qavatlariga joylashtirilgan. Ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi va naqqoshlik namunalari bilan bezatilgan bino loyihasi Toshkent bosh reja loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Binoni bezatishda xalq ustalaridan M.Sultonov. X. Odilov, A.Karimov, A.Abdullayevlar shogirdlari bilan qatnashdilar.
Toʻlqinoy Qodirova, Rahmatilla Solihov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |