Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari
Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari — Italiya Oʻzbekiston suverenitetini tan olganidan soʻng ikkala mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga kirishildi. "OʻzR bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida" 1996-yil Florensiyada imzolangan bitim oʻzaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratdi. 1996-yil iyunida va 2000-yil noyababrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimovning Italiyaga, 1997-yil mayda Italiya prezidenta, 1997-yil sentyabrda Italiya Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlik, ikkiyoklama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik, transport sohasidagi hamkorlik, say-yohlikni rivojlantirish, investitsi-yalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himo-yalash toʻgʻrisida muhim bitim va shartnomalar imzolandi. Italiya rahbarlariga hamroh boʻlib kelgan savdo-sanoat do-iralarining namoyandalari Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdilar va oʻzbek tadbirkorlari uchun biznes-seminar oʻtkazdilar.
Italiya |
Oʻzbekiston |
Mazkur tadbirlarning samarasi oʻlaroq ikki mamlakat urtasida oʻzaro mol yetkazib berish 1992-yilgi 19 mln. 461 ming 800 dollardan 2000-yilda 112,8 mln. dollarga yetgan. Italiya Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi jihatidan 10-oʻrinda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Germaniya va Buyuk Britaniyadan soʻng 3-oʻrinda. Eng muhimi — aksariyat yillarda Oʻzbekiston Italiya bilan savdoda ijobiy saldoga ega boʻlib keldi, yaʼni xarid qilganidan koʻra koʻproq mahsulot sotdi.
Oʻzbekiston Italiyaga paxta tolasi, rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar, ipak, ip gazlama, kalava ip va b. mahsulotlar sotsa, Italiyadan asbob-uskuna, mebel, plastmassa, goʻsht va baliq mahsulotlari, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi, kiyim-kechak va b.larni sotib oladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi qoʻshma tadbirlar faol amalga oshirildi. 1994-yilda Italiya Tashqi savdo instituti va Tashqi savdo uyushmasi rahbar va mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Fargʻona, Namangan viloyatlari rahbarlari bilan amaliy uch-rashuv oʻtkazdilar. 1994-yil iyunda Oʻzbekiston viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimlarining Italiyaga tashriflari chogʻida ular Italiya savdo palatalari va uyushmalari, sanoat korxonalari rahbarlari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlarda meva-sabzavot mahsulotini qay-ta ishlash, tabiiy tosh qazib olish va qayta ishlash, toʻqimachilik, oltinni qayta ishlash, zargarlik buyumlari i. ch. sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Oʻzaro hamkorlikka Italiya firma va kompaniyalari gʻoyat qiziqib qaraydi. Chunonchi, Oʻzbekiston va Italiya sayohatchilarini oʻzaro kutib olish, joʻnatish, ularga xizmat koʻrsatish sohasida shar-tnoma tuzilgan. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi oʻzaro qatnovni yoʻlga qoʻygan. "Qoraqalpoq-qurilish materiallari" aksiyadorlik birlashmasi "Pedrini" firmasidan marmar taxtachalar ishlab chiqaradigan liniyalar va "Ravelli" firmasidan tabiiy toshdan buyumlar ishlab chiqaradigan texnologiya liniyalari sotib oldi. "Tekint" kompaniyasi bilan "UzDE-UA v t o" oʻrtasida yengil avtomobillar uchun yassi oyna i.ch. zavodini qayta qurish haqida bitim tuzildi.
"Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi neft konlarini qidirib topish va ishlatish, turli texnologiya asbob-uskunalarini neft va gaz korxonalariga keltirib oʻrnatish borasida italyan firmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Jumladan, Shoʻrtan, Koʻkdumaloq korxonalarida noyob italyan asbobuskunalari oʻrnatildi. Shahrisabz, Gʻazalkent konserva zavodlarida "Sasib Fud" firmasining tomat pastasini yangicha qadoklaydigan liniyalari ishga tushirildi. "Oʻzmevasab-zavotuzumsanoatxolding" kompaniyasining "Jefit S.R.L." konserni bilan im-zolagan bitimiga koʻra, qoʻshma i.ch., tijorat, vositachilik, marketing, lizing ishlari oʻtkazib turiladi.
"Oʻzbekmebel" davlat aksiyadorlik birlashmasi yangi texnologiya va asbob-uskunalar xarid qilish yuzasidan Italiya firmalari bilan yaqin aloqa oʻrnatgan. 1994-yilda "Kosta" firmasidan parket va duradgorlik buyumlari ishlab chiqaruvchi texnologiya liniyasi sotib olindi. 1995-yilda "Nichem", "Fravol" firmalaridan xarid qilingan qurilmalar Oʻzbekistondagi mebel firmalari mahsulotining sifatini oshir-di, mehnat unumdorligini koʻtardi.
OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, "Oʻzoziqovqatsanoat", "Oʻzeltexsanoat" uyushmalari, "Oʻzfarmsanoat" konserni, "Oʻzbeksavdo" kompaniyasi, "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi ham italyan firmalari bilan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Italiyaning 14 banki bilan vakillik munosabati oʻrnatgan. Mazkur banklar Oʻzbekistondagi koʻpgina kurilishlarga moliyaviy mablagʻ ajratgan.
OʻzRda italyan kapitali ishtirokidagi 49 ta korxona va Italiya kapitali 100% boʻlgan 5 ta korxona roʻyxatga olingan. Bu korxonalar alkogolsiz ichimliklar, vino, upa-elik, trikotaj mahsulotlari, xalq isteʼmol mollari, muzqaymoq i.ch., paxta chiqitlarini qayta ishlash, savdo-sotiq va vositachilik ishlari bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iq-tisodiy aloqalar agentligi huzurida 4 ta italyan firmasining vakolatxonalari ham rasmiylashtirilgan.
Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasida madaniy va maʼrifiy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1997-yil mayda Italiya prezi-dentining Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi vaqtida madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida imzolangan bitim ikkala mamlakat xalqlarining tili va adabiyotini oʻrganishga, oʻquv va ilmiy tadqiqot institutlari, olimlar va tadqiqotchilar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, sanʼat, musiqa, raqs, teatr va kino ustalarining oʻzaro muloqotlariga, arxeologiya hamda badiiy merosni oʻrganish va saqlash sohasidagi koʻmaklashuvga yordam beradi.
1998-yil aprelda Toshkentda boʻlib oʻtgan zamonaviy musiqa 3-festivalida qatnashgan italyan artistlari "Ilhom" teatrida konsertlar berishdi va konservatoriyada namunali dars oʻtkazishdi. Shu yili iyunda A. Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida J. Verdining "Rigoletto" operasi Se-bastyano Mariya Salvato tomonidan sahnalashtirildi, noyabrda A. Navoiy nomidagi teatrda oʻtkaziladigan Verdi festivalida qatnashish uchun kelgan italyan xonandasi Nunsii San-todirokko "Rigoletto" operasida Jilda rolini ijro etdi.
Italiya Tashqi ishlar vazirligi italyan tili va adabiyotini oʻrganuvchi oʻzbek talabalariga oʻquv stipendiyalari ajratgan. Oʻzbekistonlik 7 talaba Italiya akademiya va konservatoriyalarida taʼlim oldi. Samarkand chet tillar instituti va Oʻzbekiston jahon tillari untida italyan tilidan dars berish uchun Italiyadan malakali muallimlar kelishdi.
1998-yil 13—27 mayda Toshkentdagi Sanʼat muzeyida, 2—12 iyunda Samarqanddagi chet tillar intida rassom Karlo Karr asarlari koʻrgazmasi, shu yili 25—26 oktyabrda Buxoroda, 31 oktyabrda Toshkentda italyan pianinochisi Pomeransning konsertlari boʻlib oʻtdi. 21—30 oktyabrda Milandagi Katolik universitet olimlaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonda boʻldi. [1]