Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari
Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari — 1996-yil Italiyaning Florensiya sh.da tuzilgan "Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik haqida bitim" Oʻzbekiston bilan Luksemburgning savdo-iqtisodiy munosabatlari uchun ham huquqiy negiz yaratdi. 1997-yil iyulda Luksemburgda ikkala davlat oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va sarmoyadan soliq toʻlashdan boʻyin tovlanishining oldini olish qaqida konvensiya imzolandi. 1998-yil aprelda Oʻzbekiston bilan Belgiya—Luksemburg Iqtisodiy Ittifoqi oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimga imzo qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Luksemburg oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000-yilda 0,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasida Luksemburgning transport xizmati koʻrsatuvchi "Astros S.A." firmasining vakolatxonasi mavjud.[1]