Oʻzbekiston — Pokiston munosabatlari

Oʻzbekiston — Pokiston munosabatlari — OʻzR bilan Pokiston oʻrtasida 2003 y.gacha savdoiqtisodiy hamkorlik soxasida 23 ta davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo shartnoma va bitimlar imzolangan. Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Pokiston Milliy banki oʻrtasida vakolat hisob raqamlari haqida, suv xoʻjaligi, energetika, irrigatsiya soxdlaridagi hamkorlikka oid hujjatlar shu jumlaga kiradi. 1995 yil mayda Pokiston Bosh vazirining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi chogʻida Toshkentda Pokistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Pokistoning 100 dan ortiq firmasi ishtirok etdi. 2000 yilda ikkala mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 8,5 mln. AQSH dollariga yetdi. Oʻzbekiston Pokistonga teri, pilla chiqindisi, shoyi gazlama, shisha, xrustal, yengil sanoat uchun mashina va asbob-uskunalar, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiladi. Pokistondan esa tayyor kiyim, poyabzal, charm mahsulotlari, tamaki, kakao, shakar oladi. Oʻzbekistonda bir necha Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonasi ishlab turibdi.

Pokiston–Oʻzbekiston munosabatlari

Pokiston

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston — Pokiston doʻstlik jamiyati (1991 yildan) ikkala mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishda salmokli oʻrin egallaydi. Ishbilarmonlar, ayellar va shoir-yezuvchilarning delegatsiyalari ayirboshlandi. Madaniyat sohasida hamkorlik davom etmoqda: E.Vohidovning "Oltin devor" asari urdu tiliga tarjima qilinib (tarjimon A. Ibrohimov), Lohurda sahnalashtirildi (1996), N. Aminovning "Bir asr hikoyati" Pokistonda urdu tilida chop qilindi (1996), A. Ibrohimovning "Urducha-oʻzbekcha mushtarak soʻzlar lugʻati" (1998), T.Xolmirzayevning "Urducha-oʻzbekcha lugʻati" (2003) va hokazo ada-biy hamkorlik natijasidir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil