Oʻzbekiston — Portugaliya munosabatlari

Oʻzbekiston — Portugaliya munosabatlari — Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning meʼyoriy-huquqiy asoslari shakllangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil 2–3 dekabrda Portugaliyaga rasmiy tashrifi chogʻida havo transport qatnovi va turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar imzolandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdosotikda eng koʻp qulaylik yaratib berish haqida kelishib olindi. 2002 yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 9,53 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasi da Portugaliya sarmoyasi ishtirokidagi "Osiyo toʻqimachilik assotsiatsiyasi" korxonasi paxta tolasini kayta ishlash va kalava ipdan mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil