Oʻzbekiston (uzum)
"OʻZBEKISTON" — oʻrtacha kechpishar vinobop uzum navi. Tagobi navini Tagobi duragayi bilan chatishtirib chiqarilgan (P.V. Mixaylova, A.M. Negrul, Ye.P.Skuin). Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi, bargi oʻrtacha, besh boʻlmali, oʻrtacha kertikli, toʻrsimonburishgan, orqa tomoni tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, konussimon, silindrsimon, oʻrtacha zichlikda. Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, qora. Toshkent atroflarida hosili faol harorat yigʻindisi 2900° da 149 kunda, avgust oxirida pishib yetiladi. Hosildorligi 140—280 s/ga. Oidiumga chidamli. Haroratlar oʻzgarishlariga moslashgan. Sovuqqa chidamli.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |