Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Ilmiy oʻquv markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ilmiy-oʻquv markazi (FANUM) talabalarning keyingi oʻquv maskani, ilmiy metodik, tadqiqotchilik va goyaviy-tarbiyaviy ishlarini izchil olib boruvchi umumtalim muassasasidir. Oʻquv markazi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimining ilmiy xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tizim tarmogʻi va asosiy maorif tashkilotdir.[1]

Markaz faoliyati

tahrir

Ilmiy-oʻquv markazining maqsadlari va asosiy vazifalari: yetishib chiqayotgan yangi kadrlarni, ilmiy tadqiqot muassasalari aspiranturasiga tanlash, kirish imtihonlarini olish, aspirantlar va tadqiqotchilarni chet tillari va informatika hisoblash texnikasi asoslari, falsafa va milliy istiqlol goyasi va fan metodikasi fanlari, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti asarlari asosidagi maxsus imtixon boʻyicha oʻqitish va nomizodlik imtihonlarini olish, yuqoridagi fanlar boʻyicha ilmiy xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, horijiy davlatlar universitetlari, institutlari, ilmiy markazlari, taʼlim muassasalari bilan ijodiy aloqalar oʻrnatish[2]. Markaz ilmiy kadrlar tayyorlashni davlat buyurtmasi asosida shuningdek akademiyadan tashqari muassasalar, tijorat tashkilotlari xodimlari va alohida shaxslarni oʻqitish va qayta tayyorlashni xoʻjalik shartnomalari asosida amalga oshiradi. Oʻqitish OAK tasdiqlagan nomizodlik imtihonlari dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasini ishtimoiy — iqtisodiy va ishtimoiy siyosiy hayotining bugungi kun talablarini, uning tarraqqiyoti, oʻzgarish va yangiliklarini, shuningdek, jahon va milliy fan-madaniyat yutuqlarini hisobga olgan holda oʻquv rejalari asosida olib boriladi. Markaz kafedralar, oʻquv-metodik boʻlim, maʼmuriy-boshqaruv tarmogʻi, oʻquv-tadqiqoq guruhlari, laboratoriya hamda sektorlarni oʻz ichiga oladi, byudjet va xoʻjalik shartnomasi asosida oʻquv, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi

Falsafa Kafedrasi

tahrir

Har hil mavzularda maruzalar tashkil etish, asperantlar va tadqiqotchilar bilan indiduval ishlash orqali ilmiy kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi. Kafedraning asosiy vazifasi ilmiy tadqiqotlar koʻnikmalari va metodologiyalarini ilmiy dunyo qarash va shaxs tarbiyasi, shuningdek, jamiyat taraqqiyoti falsafasining asosiy masalalarini shakillantirishdir.

Informatika Kafedrasi

tahrir

Tadqiqotchilarni nomzodlik minimumi dasturlari boʻyicha oʻqitish va attestatsiyadan oʻtkazish bilan shugʻullanadi. Kafedraning asosiy vazifasi windows va boshqa zamonaviy operatsion tizimlar boʻyicha xususiy kompyuterlarda ishlash malakalarini berish, amaliy dastur paketlari (MS OFFICE) bilan ishlashga, masalalarini modellashtirishga, dasturlash asoslariga, matematik hisob usullari va internet tarmogʻida ishlashga oʻrgatishdir.

Chet tillari Kafedrasi

tahrir

Chet tillarida ravon soʻzlashish va tillarni yaxshiroq oʻrganish va tadqiqotchilarning chet tillarida yozilgan ilmiy asarlarni oʻrganishida kavedrani xizmarlari katta. Kafedraning asosiy vazifasi aspirant va tadqiqotchilarda soʻzlashuv nutqi amaliyotini, shuningdek, mutahasislikka doir adabiyotlar bilan ishlay olish, maqolalar tayyorlash qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir. 2002-2003 oʻquv yilidan boshlab ilmiy-oʻquv markazida 34 nafar xodim xizmat koʻrsatmoqda, shulardan asosiy shtatda 2 akademik, 7 fan doktori, 11 fan nomzodlari ishlamoqdalar. Faqat 2003-yildagi yozgi sessiyada 660 aspirant va yosh ilmiy xodimlar nomzodlik va maxsus imtihonlar topshirdilar. Bularning asosiy qismi ilmiy-oʻquv markazi auditoriya va fan kabinetlarida mashgʻulotlarda qatnashdilar, konsultatsiyalar oldilar va imtihonlar oldidan ilmiy maʼruzalarda referatlar hamda maqolalar yozib topshirdilar. Har yili kamida bir martta markazda oʻqiyotgan aspirantlarning ilmiy konferensiyasi oʻtkaziladi. 2002-yilning yanvar fevral oylarida fizika matematika, ximiya-astronomiya fanlari boʻyicha aspirantlarning nomzodlik maʼruzalari boʻyicha konferensiyalar oʻtkazilib, ingliz va nemis tillarida maʼruzalar tinglandi. 2003-yilda esa shunday aspirantlar konferensiyasi falsafaning dolzarb muammolariga bagʻishlandi[3].

Manbalar

tahrir
  1. www.academy.uz/uz/index.php
  2. O%CA%BBzbekiston_Respublikasi_Fanlar_akademiyasi
  3. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (2003) Ilmiy-oʻquv markazi