Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi – Oʻzbekistondagi sport qoʻmitasi. 2021-yil Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi asosida tashkil etilgan[1].

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007 yilda tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 maydagi „Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori asosida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tashkil etildi. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (IPC) va Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi (APC) aʼzosi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston xududida imkoniyati cheklangan sportchilar oʻrtasida turli darajadagi musobaqalarni tashkillashtiradi va oʻtkazadi. Paralimpiyachilarga respublika va xalqaro miqyosidagi musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda toʻliq va sifatli sharoit yaratish tashkilotning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Paralimpiya gʻoyalari hamda qadriyatlarini mamlakat va butun dunyo boʻylab targʻib qilish, davlat va jamiyat eʼtiborini imkoniyati cheklangan insonlarga qaratish ham Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining asosiy vazifasidir.

Rahbariyat

tahrir

Muxtorxon Tashxodjaev 2019 yildan buyon Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi hisoblanadi.[2][3]

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki

tahrir

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi sportchilari 3 ta yozgi Paralimpiya oʻyinlari, 2 ta qishki Paralimpiya oʻyinlari, 4 ta Para Osiyo oʻyinlari, 3 ta Yoshlar Para Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan.

Paralimpiya oʻyinlari

tahrir

Tokio-2020

Rio-2016

London-2012

Para Osiyo oʻyinlari
tahrir

Guanjou-2010

Incheon-2014

Jakarta-2018

Xanchjou-2022[4]

Yoshlar Para Osiyo oʻyinlari
tahrir

Malayziya-2013

BAA-2017

Bahrain-2021

Yana qarang

tahrir
  1. Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (IPC)
  2. Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarida

Manbalar

tahrir