Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti — ilmiy tadqiqotlar muassasasi. 1933-yil Toshkentda Kimyo instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1998-yildan shu nomda. Institut negizida bir qancha ixtisoslashtirilgan ilmiy tadqiqotlar institutlari, jumladan, institutning alkaloidlar kimyosi, gʻoʻza kimyosi hamda polimerlar kimyosi va fizik kimyo laboratoriyalari asosida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti ajralib chiqdi (1956), 1959-yilda Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi instituti, 1965-yilda neft kimyosi laboratoriya asosida Oʻrta Osiyo Neftni qayta ishlash instituti (hozirgi A. Sultonov nomidagi Oʻzbekiston Kimyofarmatsevtika instituti) tashkil etildi. Institut olimlari tomonidan 1934-yilda aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alkillash reaksiyasi ochildi. 1938-yilda kislotaasos nazariyasi eʼlon qilindi (M.I. Usanovich). Institutda soʻnggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari, jumladan, neft va neft mahsulotlarini suyultiruvchi moddalar, gaz kondensatlari asosida erituvchilar, "K9" preparati, suvda va moyda eruvchi sirt faol moddalar olish texnologiyasi, chigitni tozalash, koʻp maqsadli katalizatorlar, gʻovakli vermukulit, neft va gidrotermal suvlardan yod ajratib olish, Markaziy Qizilqum fosforitlaridan oddiy superfosfat, tarkibida fosfor, kaltsiy, azot saklovchi murakkab va organomineral oʻgʻitlar ("Azobiokom" va boshqalar), "Hosil" turkumidagi stimulyatorlar, "Sihat", "Sardor" defoliantlari ishlab chiqarish texnologiyalari kimyo, neftni qayta ishlash, oziqovqat sanoatlarida, yogʻmoy zavodlarida, burgʻilash texnikasida, qishloq xoʻjaligida, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotga joriy qilindi. Institutda 17 laboratoriya boʻlib, ularda 145 xodim ishlaydi, shulardan 3 akademik (B.M. Beglov, 3. S. Salimoye, S. Toʻxtayev), 16 fan doktori, 30 fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi. Institut xodimlarining 2 ilmiy ishi Beruniy nomidagi Uzbekistan Davlat mukofotiga (K.S. Ahmedov, B. M. Beglov, S. A. Zaynutdinov, M.N. Nabiyev, A. A. Vishnyakova, M. R. Odilova) sazovor boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |