Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil etilgan bo‘lib, vazirlik mamlakatimizning ham o‘rta, ham uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun mas’ul organ hisoblanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Vazirlik haqida umumiy maʼlumot
Tashkil etilgan 11-fevral, 1992-yil(1992-02-11)
Yurisdiksiya O'zbekiston Hukumati
Shtab kvartira(lar) Istiqlol ko‘chasi,29, Toshkent
Minister responsible
Website imv.uz

Bu budjet, soliq, bojxona va tarif siyosatida tarmoqlararo muvofiqlashtirish va muvozanatni hisobga olishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, vazirlik moliya bozori, sugʻurta, fuqarolarning pensiya taʼminoti, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobotlar, budjet tashkilotlari va monopolist korxonalarni moliyalashtirish, xizmatlar narxini belgilash ustidan nazoratni amalga oshiradi. Vazirlikka respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasining strategik makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishish va davlat budjeti parametrlarini boshqarish yuklatilgan.

Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Prezident va Vazirlar Mahkamasining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan rasmiy muhr va blankalarga ega boʻlgan yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritadi va banklarda, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga ega.

Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

qisqartmasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

b) rus tilida:

to‘liq nomi – Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан,

qisqartmasi – Минэкономфин;

d) ingliz tilida:

to‘liq nomi – Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan,

qisqartmasi – MEF.

Vazirlik manzili: Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi 29-uy, 100017.

Vazirlik tarkibiga kiruvchi tashkilotlar

tahrir
Tashkilot nomi
Bojxona qo‘mitasi
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi [uz]
G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi [uz]
Kadastr agentligi [uz]
Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi [uz]
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi [uz]
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi [uz]
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi [uz]
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti [uz]
“Maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazi” DUK  [uz]
“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK  [uz]
Moliya-iqtisod sohasi xodimlari malakasini oshirish markazi  [uz]
“Axborot texnologiyalari markazi” DUK  [uz]
Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi  [uz]
Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi  [uz]
Budjet-soliq ilmiy-tadqiqotlar instituti  [uz]
Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda tashkil etilgan loyihalarni muvofiqlashtirish guruhlari [uz]

Vazirlar

tahrir
Nom Oʻz ishini boshladi Faoliyati tugadi Izohlar
Erkin Boqiboyev 1991 1994 [1]
Baxtiyor Hamidov 1994 1998 [2]
Rustam Azimov 1998 2000
Mamarizo Nurmurodov 2000 2004 [3]
Saidahmad Rahimov 2004 2005 [4]
Rustam Azimov 2005 2016
Botir Xoʻjayev 2016 2017 [5]
Jamshid Qoʻchqorov 2017 2020 [6][7]
Timur Ishmetov 2020 2022 [8]
Sherzod Qudbiyev 2023 2023 [9]
Jamshid Qoʻchqorov 2023 Amalda [10]


Manbalar

tahrir